calendar 15 Jul 12:03
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqibatda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yerda yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan yong‘in haqidagi xabarga asosan, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:18 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo

26 Jul 10:21
 
43
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

23 Jul 10:44
 
523
0
qalampir.uz

Xorijda o‘qisa bo‘ladi, lekin qizlar emas 

“O‘qib olim bo‘larmiding?”, “Ayolning o‘rni oshxonada”. Bu gaplarni qizlar, ayollar deyarli har kuni eshitadi.  Qizlarni mamlakat ichidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishiga qarshi chiquvchi oilalar hamon talaygina. Ularning chet elda o‘qishiga esa fojia tarzida qaraydiganlar ham bor. Xo‘sh, xorijda ta’lim olish uchun qiz bola nomunosibmi? QALAMPIR.UZ  aholi orasida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi. Suhbat asnosida qizlarning chet elda o

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari