calendar 15 Jul 12:03
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etiladimi?

image

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma belgilash rejasi yo‘q. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj mavjud emas.

“Bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz, ammo buni tabaqalashtirilgan tizim, deyish biroz noto‘g‘ri”, deydi Rahmatullayev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda suv hisoblagichlar bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizni tashkil etadi. 

“Agar 100 foizlik ta’minlanganlik darajasiga erishgan taqdirimizda ham suv zaxirasi va suvni tejash nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etish rejalarimiz yo‘q”, deydi “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 1 may kunidan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgardi. Elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirildi. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilandi:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilangan.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mligicha qolgan.

Shuningdek, tabiiy gaz yetkazib berishda iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qoldi.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlandi.
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

•  500 kub metrgacha iste’mol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;
•  500 dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;
•  2 500 dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;
•  5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;
•  10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun 2 600 so‘m.

Mart-oktyabr oylarida gaz iste’moli uchun tariflar quyidagicha belgilandi:

•  100 kub metrgacha – 650 so‘m;
•  101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
•  2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
•  5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;
•  10 ming kub metrdan va undan yuqori iste’mol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ldi.

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshdi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshdi.

O‘ralova  Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
20
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

10 Oct 11:25
 
24
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

10 Oct 11:25
 
26
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

10 Oct 08:25
 
29
0
xs.uz

Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” va “Labo” toʻqnashuvida ikki kishi halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi 'Mercedes-Benz' avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi 'Labo' bilan toʻqnashgan.YTH оqibatida 'Labo' ichida boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan