calendar 15 Jul 12:02
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

image

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Qarama-qarshilikka Berlindagi Olimpiya stadioni mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yil sentyabrida “uch sherlar” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Murabbiylik faoliyati davomida Sautgeyt “Midlsbro” futbol klubi va Angliya yoshlar terma jamoasida ish olib borgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume

14 Aug 06:38
 
36
0
xs.uz

Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.Shahnoza Mirziyoyeva hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.2017-yil dekabrdan 2019-yil avgustgacha Shahnoza Mirziyoyeva MTVning Maktabgacha taʼl

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo