calendar 15 Jul 12:02
eye 132
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

DXX kubogi: Toshkentning “zo‘ri” aniqlandi

image

Kecha, 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining Toshkent shahar bosqichi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi JAR stadioni mezbonlik qilgan chempionlik o‘yinida poytaxtning Olmazor tumani “Chimboy” va Yangi hayot tumani “Do‘stlik” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. 

Murosasiz tarzda kechgan bahsning har ikki taymida Yangi hayot tumanining “Do‘stlik” jamoasi raqiblaridan ustunlik qildi. Epizodlardan birida uchrashuv hakamining “Chimboy” jamoasi a’zosiga qizil kartochka ko‘rsatgani ham o‘yin tizginini yangi hayotliklarga o‘tishini ta’minladi. Garchi har ikki jamoada gol urish uchun bir nechta imkoniyat yuzaga kelgan bo‘lsada, yakunda 2-taymda “Do‘stlik” jamoasi tomonidan kiritilgan yagona gol ularni Toshkent shahri chempioniga aylantirdi.

Hayajonli final yakunlangach, shaxsan Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yil davomida tizimli ravishda o‘tkazilgan DXX kubogining ayollar va erkaklar o‘rtasidagi g‘olib va sovrindorlarini taqdirladi. Shunday qilib, DXX kubogining Toshkent shahri bosqichi o‘z poyoniga yetdi. Respublika bosqichining katta futbol bahslarida Yangi Hayot tumanining “Do‘stik” jamoasi poytaxt nomidan bahslarga kirishadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida