calendar 15 Jul 12:02
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eron AQSH bosimini rad etadi, Rossiya va Xitoy siyosatini olqishlaydi – Pezeshkiyon

image

Bugun, 13 iyul kuni Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon “Yangi dunyoga mening xabarim” deb nomlangan shaxsiy fikrlari aks etgan maqolasini e’lon qildi. Maqola “Tehran Times” gazetasida chop etildi. 

Unda mintaqadagi mojaro va beqarorlik sharoitida Eronda tartibli va tinch saylovlar o‘tkazish orqali mamlakatning favqulodda barqarorligiga erishilganiga to‘xtalib o‘tilgan.

“Mana shunday barqarorlik va saylovlarning munosib tarzda o‘tkazilgani oliy yo‘lboshchimiz Oyatulloh Xomanaiyning aql-zakovati bilan amalga oshdi”, deya yozadi u.

Mas’ud Pezeshkiyon islohot, milliy birdamlik va dunyo bilan konstruktiv hamkorlikka qaratilgan platformada saylanganini, saylovda ovoz bergan vatandoshlari, xususan, Erondagi umumiy ahvoldan norozi qatlamning ishonchini qozonganini ta’kidladi. U bundan keyin ham aholining ishonchini oqlashini qo‘shimcha qildi.

“Biz keskinlikni yumshatish bo‘yicha samimiy sa’y-harakatlarni olqishlaymiz va yaxshilikka yaxshilik bilan javob beramiz”, deydi Eron Prezidenti.

Pezeshkiyon G‘azodagi jarayonlarga ham to‘xtalib, dunyo davlatlarini sektorda o‘t ochishni to‘xtatishga ta’sir ko‘rsatishga chaqirgan. Jumladan, u qo‘shni arab davlatlarini sektorda urushning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va urushni tugatish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirgan.

Prezident o‘z maqolasida Xitoy va Rossiya Eronni qiyin paytlarda ham doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaganini aytib, Xitoy bilan tuzilgan 25 yillik reja o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim qadam ekanini tushuntirgan. Rossiyani esa “qimmat strategik ittifoqchi” deb atagan. Eron Prezidenti, shuningdek, AQSHga qarata Eron hech qachon o‘ziga ma’qul kelmagan siyosatga javob qaytarmasligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, SNN nashri Pezeshkiyon Eronning G‘arb va Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini yozgandi. Pezeshkiyonning qasamyod qilish marosimi 2024 yil 30 iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, u rasman mamlakatning 9-prezidenti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mas’ud Pezeshkiyon Erondagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Eronning yangi saylangan Prezidenti xalqni birlikka chaqirgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
42
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan

13 May 14:38
 
142
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkentda ushlandi

Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkent shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda 'Politsia.kz''xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jambil viloyati politsiya boshqarmasining topshirigʻi asosida va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida, Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Taraz shahrida yashovchi 22 yoshli yigit qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u 2022-yil oxirida tanishining ishonchiga kirib, jami 24 million tenge (taxminan 612 million soʻm)dan z

08 Jun 02:27
 
34
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.