calendar 15 Jul 12:02
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.

Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tkazish uchun topshiriq berdi.

“Shundan so‘ng u qishloq xo‘jaligi majmuasi va viloyatlar rahbarlaridan tashqari rahbarlarga 1 avgustdan 1 sentyabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi”, deb yozadi nashr.

Davlat rahbari ta’tilni o‘tgan yillardagidek mamlakatning Avaza, Archman, Yilsuv kurort hududlari va boshqa sanatoriylarida o‘tkazishni tavsiya etdi.

Turkmaniston hukumati an’anaga ko‘ra avgust oyida bir oylik ta’tilga chiqadi. Biroq, masalan, 2018 yilda Prezident hukumat a’zolarini ikki haftalik ta’tilga jo‘natgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 20:17
 
70
0
qalampir.uz

Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni hibsda saqlash muddati belgilanmoqda 

Migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan deportatsiya qilinganda ular maxsus muassasalarda ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat saqlanadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 18 iyul kuni birinchi o‘qishda ma’qulladi.  O‘zgartirishlar kiritilgan “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan chet ellik fuqarolar hamda migrantlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilish

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

19 Jul 12:55
 
97
0
xs.uz

Dunyo boʻylab banklar va aviakompaniyalar ishida uzilishlar kuzatildi

AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda global texnik nosozlik qayd etildi. Buning oqibatida aloqa operatorlari, banklar va aviakompaniyalar katta zarar koʻrdi.'ABC' telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.Manbada aytilishicha, muammo AQSHning 'CrowdStrike' kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu 'Microsoft' noutbuklari bilan bogʻliq