calendar 15 Jul 12:02
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya AQSHning uzoq masofali raketalarini Yevropaga joylashtirishiga javob qaytaradi – Peskov

image

AQSHning Yevropada uzoq masofali raketalarni joylashtirishiga Rossiya munosib javob qaytaradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalarini joylashtirishga javob berish uchun Rossiya yetarli imkoniyatlarga ega, ammo bu holatda potensial qurbonlar Yevropa mamlakatlari bo‘ladi.

Germaniya kansleri Olaf Shols esa 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atagan. Uning fikricha, bu Rossiya Federatsiyasi bilan keskinlashuvga olib kelmaydi.

Peskov, o‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasiga qarshi qo‘llanilgan raketalar masofasini yanada oshirishni provokatsiya deb hisoblagan.

“Har doim paradoksal vaziyat bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar turli xil masofadagi raketalarni joylashtirgan va har doim an’anaviy ravishda mamlakatimizni nishonga olgan. Shunga ko‘ra, raketalarimiz uchun nishon sifatida Yevropa davlatlari markazlari belgilanyapti”, degan Kreml matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Vladimir Putin Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini aytgandi. Shuningdek, NATOning 4 ta davlati Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga yetib borishi reja qilinayotgan uzoq masofali raketalarni birga ishlab chiqarishga kelishib olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 16:33
 
69
0
xs.uz

«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi

Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.'Jadvalni koʻrish uchun men oʻ

26 Jul 15:20
 
54
0
qalampir.uz

AQSH qo‘shinlari Nigerdan quvildi

AQSH qo‘shinlari Nigerdan avgust oyining boshida olib chiqib ketiladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar armiyasi generali Kennet Ekman ma’lum qildi. O‘tgan yili davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni qo‘lga kiritgan Niger xuntasi AQSH va Fransiya kuchlarini mamlakatni tark etishini talab qildi. AQSH generalining so‘zlariga ko‘ra, Nigerning shimolidagi Agadez dron bazasida joylashgan qolgan amerikalik askarlar joriy yilning avgust oyi boshlarida mamlakatni tark etadi.  Qo

23 Jul 10:39
 
63
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘