calendar 15 Jul 12:02
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.

HAMAS rasmiylari tomonidan “AlJazeera” telekaniliga aytilishicha, o‘lganligi aytilayotgan Deyf Isroil Bosh vazirining bayonotini eshitgan va uni masxara qilgan.

Netanyaxu Deyfdan tashqari, uning o‘rinbosari, brigada komandiri Rafa Salamaning o‘limi haqida gapirgan. Uning nutqidan ma’lum bo‘lishicha, qo‘mondonlar o‘lganligiga ishonch hosil qilmaguncha Netanyaxu bunday xabarlarni rad etadi.

Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroilning zarbalari oqibatida 38 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘lgani xabar qilingandi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
28
0
xs.uz

Obamalar oilasi AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish kerakligini aytishdi

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama Demokratik partiyaning Chikagodagi milliy qurultoyida kutilmaganda chiqish qilib, vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda 'France 24' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Barak Obama Xarrisni 'xalqini koʻrib, eshitadigan' va har kuni Amerika xalqi uchun kurashishga tayyor odam sifatida maqtadi. U Xarrisga 'ha, u qila oladi' degan sobiq prezident.Mishel Obama ham bu fikrni takrorlab, Xarri

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

08 Sep 16:45
 
22
0
xs.uz

Germaniya Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harakatlari oʻzining “boshiga yetishi” mumkinligidan ogohlantirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Gʻarbiy Sohilga harbiy hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Berbok isroillik hamkasbi bilan uchrashgach, bunday harakatlar Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi baʼzi Isroil vazirlarining Falastin maʼmuriyatini agʻdarish va Gʻarbiy Sohilda aholi punktlarini egallashga boʻlgan chaqiriqlaridan xavotir bildirdi. Berbok, shuningdek

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос...***Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлад