calendar 12 Jul 21:03
eye 151
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Angela Merkel haqida serial suratga olinmoqda

image

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel siyosatdan ketganidan uch yil o‘tib, u haqda “Miss Merkel” nomli komediya janridagi serial suratga olinmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, serial Italiya televideniyesi tomonidan suratga olinayotgan bo‘lib, Agata Kristining detektiv roman qahramonidan ilhomlangan holda yaratilgan. Kinokartinada Merkel Helmut laqabli iti bilan qotilliklarni fosh qiladi.

E’tiborlisi shuki, serialdagi aktrisa sobiq kanslerning ish faoliyatidagi tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan bo‘lib, uni rangli kurtkalari va “bob” soch turmagida ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Angela Doroteya Mergel – nemis davlat va siyosiy arbobi, fizik kimyogar, tabiiy fanlar doktori. 2005 yil 22 noyabrdan 2021 yil 8 dekabrgacha Germaniya Federal kansleri lavozimida faoliyat yuritgan. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘lib, Germaniya tarixida uzoq hukmronlik qilgan uchinchi kansler hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
31
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

21 Apr 08:34
 
1191
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

21 Apr 08:34
 
1171
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

15 Jun 10:46
 
69
0
xs.uz

Isroil Eronning barcha dronlarini urib tushirdi va yana Eron hududiga zarba berdi

Isroil mudofaa kuchlari Eron dronlarini muvaffaqiyatli tutib olgan. Bu haqda 'Ynet' axborot portali xabar bermoqda.Yahudiy davlati armiyasi 13-iyun, juma kuni Eronga hujum qildi. Isroil armiyasi bu operatsiyani 'Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun ogohlantiruvchi hujum' dedi.Hujumlar Natanzdagi uranni boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar va harbiylar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.Eronning IRNA