calendar 12 Jul 14:39
eye 134
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda dam olish kunlari harorat nisbatan salqin boʻladi

image
Unga koʻra, ertaga, 13-iyul kuni kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shuningdek, Ustyurt hududlari boʻyicha qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

14-iyul, yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq boʻladi.

Respublikaning qolgan hududlarida dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-14-iyul kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-39 darajagacha pasayadi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 13-iyulda kechasi va ertalab shahar boʻyicha baʼzi joylarda bir oz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yakshanba, 14-iyul kuni ham qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor. Dam olish kunlari harorat 32-34 daraja boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 16:49
 
129
0
xs.uz

Mutlaq koʻpchilik yoki nisbiy koʻpchilik: Qay biri afzal?

Yangi Oʻzbekiston sharoitida har bir sohada amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlarni alohida qayd etib oʻtish lozim. Xususan, saylov jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq oʻzgarishlar misolida ham buni koʻrish mumkin.Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida, 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻ

19 Jul 18:27
 
73
0
xs.uz

Namangandagi 10 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid deb topildi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmi mobaynida Mingbuloq, Kosonsoy, Pop, Norin, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Chust, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tuman hokimliklarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonun talablari ijrosi yuzasidan jami 4214 ta normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan.Unda ushbu tuman hokimliklarida tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib kel

26 Aug 12:29
 
33
0
xs.uz

25-avgust kuni harorat biroz pasayadi

'Oʻzgidromet' 25-avgust, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 da

19 Jul 19:06
 
61
0
xs.uz

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

2025-yil 1-yanvardan:2024-yil 1-oktyabrdan:Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.