calendar 12 Jul 14:32
eye 170
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

KONMEBOL Amerika kubogidagi mushtlashuv bo‘yicha ish ochdi

image

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) tartib-intizom qo‘mitasi Amerika kubogi yarim final o‘yinidan so‘ng stadionda urugvaylik futbolchilar va kolumbiyalik muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan ish ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Amerika kubogi yarim finali doirasida Urugvay terma jamoasi Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 3-o‘rin uchun o‘yinda Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Turnir finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

“Urugvay va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yindan keyin sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari tufayli KONMEBOL Tartib-intizom qo‘mitasi voqealar ketma-ketligi va ishtirokchilarning javobgarligini aniqlash maqsadida ish ochishga qaror qildi. Amerika Kubogi finali arafasida yuqori darajadagi futbol turnirining obro‘siga dog‘ tushiradigan hech qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan so‘ng urugvaylik hujumchi Darvin Nunes va himoyachi Ronald Arauxo tribunaga chiqib, kolumbiyalik muxlislar bilan mushtlashgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 16:25
 
61
0
qalampir.uz

“Barselona”ning Yevro-2024 qahramonini transfer qilish imkoniyati ortmoqda

Germaniyaning “RB Leypsig” klubi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoning yozda “Barselona”ga o‘tishi ehtimoli kundan-kunga ortib bormoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Jerar Romero X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” futbolchining o‘zi va uning vakillari bilan doimiy aloqada. 25 iyul kuni futbolchi vakillari yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tgan va tomonlar transferning ideal formulasini topishga harakat qilgan. “RB Leypsig&

15 Jul 12:02
 
55
0
qalampir.uz

Ajiotaj boshlandi. “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelmoqda

Mbappe nomi yozilgan futbolkalarga talab shunchalik ko‘paydiki, “Real Madrid”ning marketing tizimi yetkazib berish kechikishi haqida muxlislarni oldindan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, kechikishlar to‘rt haftadan olti haftagacha bo‘lishi mumkin. “Real Madrid” mutasaddilari Mbappe nomi tushirilgan futbolkalarga bunchalik katta talab bo‘lishini kutmagan. Bunday holat faqat 2009 yilda Krishtianu Ronaldu “Mancheste

28 Jul 11:47
 
94
0
qalampir.uz

Yo‘ldoshevning pozitsiyasi kim bilan to‘ldirilishi ma’lum bo‘ldi

Oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtincha tark etgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning o‘rniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish yuzasidan so‘rov yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, O‘FAning bu masala yuzasidan tashkiliy qo‘mitaga yuborgan so‘rovi qabul qilingan. Odilov Misr bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin. Ma’lumot uchun, Alishe

28 Jul 23:50
 
123
0
qalampir.uz

Parij–2024: Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lub etdi

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. 92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mullojonov ilk bosqichda Italiya sharafini himoya qilayotgan Aziz Abbos Muxiddinga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda chorak