calendar 28 Jul 11:47
eye 96
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yo‘ldoshevning pozitsiyasi kim bilan to‘ldirilishi ma’lum bo‘ldi

image

Oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtincha tark etgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning o‘rniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish yuzasidan so‘rov yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘FAning bu masala yuzasidan tashkiliy qo‘mitaga yuborgan so‘rovi qabul qilingan. Odilov Misr bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Alisher Odilov Toshkentning “Olimpik” klubi a’zosi hisoblanadi. Uning transfer qiymati 600 ming yevroni tashkil etadi. Joriy mavsum Odilov O‘zbekiston chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
25
0
xs.uz

Dzyudochi Kumush Xoʻjayeva Paralimpiada kumush medalni qoʻlga kiritdi

Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiadada Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Kumush Xoʻjayeva paradzyudo boʻyicha bahslarni ikkinchi oʻrin bilan yakunladi.Kumush Xoʻjayeva ayollar oʻrtasida J2 klassida (koʻzi qisman koʻradigan sportchilar bellashadi) -57 kg vazn toifasida yarimfinalda ispaniyalik Marta Arche Poynoni magʻlub etdi (1:0) va final bahsi uchun yoʻllanma oldi.Finalda oʻzbekistonlik sportchi yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xo

08 Sep 16:45
 
28
0
xs.uz

Tolibboy Yoʻldashev Parijda tengsiz boʻldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yoʻldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilmiz Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.

20 Jul 15:00
 
71
0
qalampir.uz

“Barselona” Yevropa chempioni transferi uchun harakatni boshladi

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Leypsig”ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining agenti Kataloniya jamoasining rasmiy vakillari bilan uchrashgan. Olmoning agenti transfer summasi futbolchining tovon puliga yaqin bo‘lishini aytmoqda, ya’ni 60 million yevro. “Barselona” Kataloniya jamoasi tarbiyalanuvc