calendar 12 Jul 14:23
eye 168
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistondagi shaharlarning ekologik reytingi e’lon qilindi

image

O‘zbekistondagi 14 ta ma’muriy markazning ekologik reytingi tuzib chiqildi va shaharlar 100 balli tizimda baholandi. Namangan shahri 62, 29 ball to‘plab, mamlakatdagi eng yashil shahar deb topildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi ma’lum qildi.

Reytingning keyingi o‘rinlarida Samarqand 61,13 ball va Navoiy shahri 59,5 ball bilan mos ravishda 2-, va 3-o‘rinlarni egalladi.

Ekologik barqaror shaharlar reytingi hududlarni 7 ta yo‘nalishda o‘rganish orqali tuzib chiqilgan. Bunda havo sifati, yerdan foydalanish, transport, suv, chiqindi, sanitariya va energiya sohalari qamrab olingan. Oxirida umumiy reyting natijalari hisoblab chiqilgan. Umumiy reytingda eng yomon natijani Toshkent viloyatining Nurafshon shahri ko‘rsatgan bo‘lsa ham, shahar eng toza havoli hudud deb topilgan.

Havo sifati bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinni Samarqand va Urganch shaharlari egallagan. Eng yomon havo esa Termiz shahrida ekani qayd etilgan.

Yerdan foydalanish tahlillarida Samarqand, Qarshi va Namangan shaharlari eng yuqori ballarni to‘plagan. Bu yo‘nalishda eng past ko‘rsatkichlar Nukus va Navoiy shaharlariga tegishli. Reyting o‘rganishlari shaharda yashil hudud, bog‘lar va parklar kishi boshiga qancha to‘g‘ri kelishi, aholining zichligi va shaharda og‘ir sanoat qanchalik yoyilgani kabi talablar asosida olib borilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshqa yo‘nalishlardan farqli ravishda yerdan foydalanish darajasi respublika shaharlarining aksarida juda yomon ekani qayd etilgan.

Transport sohasida esa kishi boshiga nechta transport to‘g‘ri kelishi, shaharning transport strategiyasi va yo‘lda mashinalar tiqinining qanchalik hal qilingani masalalari o‘rganilgan. Bunda Top 3 talikka Andijon, Qarshi va Nukus shaharlari kiritilgan. Toshkent shahri esa transport eng yomon tashkillashtirilgan shahar deb topilgan.

Reytingning 4-yo‘nalishi shaharda kishi boshiga qancha suv to‘g‘ri kelishi, qanchasi isrof qilib yuborilayotgani, suvni yaxshilashga oid shahar me’yorlari, chiqindi suvdan foydalanish chora-tadbirlari kabilarni qamrab oladi. Buni nisbatan yaxshi tashkillashtirgan shaharlar sifatida Termiz, Andijon va Namangan shaharlari ko‘rsatilgan.

Chiqindilarni yig‘ish, ko‘mish va ularni qayta ishlash sohalarida esa Nukus shahri 8,59 ball bilan eng yaxshisi deb topilgan. Eng yomon ahvol esa Buxoro shahrida. Shaharda chiqindilarni yig‘ish va uning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha harakatlar 0 ball deb baholangan.

O‘rganishlarning oltinchi turi sanitariya bo‘lib, bunda aholining sanitariya qoidalari bilan tanishtirilganlik darajasi, kanalizatsiyaga ulangani va talabga javob beradigan hojatxonalardan foydalanish darajasi o‘rganib chiqilgan. Bu yo‘nalishda Toshkent shahri eng yuqori o‘rinni egallagan, keyingi o‘rinlar mos ravishda Navoiy va Jizzax shaharlariga to‘g‘ri kelgan.

Oxirgi yo‘nalishda shaharda energiya va SO₂ bo‘yicha tahlillar olib borilgan. Bunda kishi boshiga o‘rtacha yillik energiya iste’moli, shaharning energiya sabab bo‘ladigan uglerod gazlarini kamaytirish bo‘yicha strategiyasi kabilar o‘rganilgan. Bunda mos ravishda Navoiy, Buxoro va Termiz shaharlari birinchi 3 talikka kirgan. Nurafshon shahrida esa bu ko‘rsatkich 0 ballga baholangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:18
 
37
0
xs.uz

Prezident raisligida sud faoliyatini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Inson manfaatlari, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan bu sohani takomillashtirish davlatimizning doimiy e'tiborida. So'nggi sakkiz yilda sudlarga doir 70 ga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.Bular aholi va tadbirkorlarning masalalarini hal etib, adolatni qaror toptirishga xizmat qilayapti. O'tgan yili sudlarda 3 milliondan ortiq masala ko'rib chiqildi. Bu ' aholining huquqiy ongi oshib borayotganidan dalolat.Hozirgi kunda sudga ariza berish, su

28 Feb 01:18
 
42
0
xs.uz

Prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli 'Katta dubulgʻa' xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni'qabul qildi.Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtiro

06 Mar 16:11
 
18
0
xs.uz

Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalari o‘rganilmoqda

Muzey vakili xorijiy hamkor sifatida Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi tarixi bilan bog'liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo'lyozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o'rganmoqda.'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko'rilmagan loyiha bo'ldi, deb o

06 Mar 16:11
 
33
0
xs.uz

Respublika pediatriya markazida O‘zbekistonda ilk bor videokapsula endoskopiyasi joriy qilindi — SSV

Tadbirdan ko'zlangan maqsad soha mutaxassislariga bolalarda uchraydigan hazm a'zolari va ichak kasalliklarini zamonaviy vedokapsulali endoskopiya orqali aniqlash haqida ma'lumot berish hamda uni amaliyotga joriy etishdan iborat.Ta'kidlash lozimki, mazkur innovatsion usul bolalarda ko'p uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklariga barvaqt va samarali tashxis qo'yish imkonini beradi.Ushbu qurilma raqamli texnologiya va mikroelektronika sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zida jamlagan bo'lib, ingichk