calendar 12 Jul 13:07
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mingbuloqda Koreya sholichilik innovatsiyasi yoʻlga qoʻyildi

image
Janubiy Koreya Respublikasining Buyevoo qishloq xoʻjaligi bilan hamkorlik aloqalari sholichilik rivojiga katta hissa qoʻshmoqda. Ikki yildan beri koreys mutaxassislar bilan sifatli urugʻ yetishtirish, dala ishlariga zamonaviy texnika vositalarini qoʻllash borasida fikr almashib kelinmoqda.

Maʼlumki, sholining hosildorligi koʻchatni muvaffaqiyatli joylashtirish bilan bogʻliq. Bu yuqori sifatli tayyorlangan maydonga urugʻ sepish yoki undirilgan koʻchatlarini oʻtqazish orqali amalga oshiriladi. Soha mehnatchilari uchun ikkinchi usul har jihatdan qulay. Hozir Mingbuloqda sholi koʻchatini ekish Koreya davlatida ishlab chiqarilgan maxsus mashina yordamida bajarilmoqda. 'Momoxon oltin zamin dalasi' fermer xoʻjaligida koreys mutaxassislari bilan tashkil etilgan laboratoriya zarur uskunalar bilan jihozlangan. Maxsus joyga sepilgan 'Alanga', 'Iskandar' navli 600 kilogramm sara urugʻ bexato undi. Yaxshilab suv bostirilgan 11 gektar maydonga 'Yanmar' rusumli koʻchat ekish mashinasi kiritildi.

' 'Yanmar' mashinasining ish unumdorligi yuqori, ' deydi fermer xoʻjaligi rahbari Dilnoza Hamdamova. ' Uning yordamida bir kunda 4 gektar yerga koʻchatlarni joylashtirsa boʻladi. Odatdagi usulda bir gektar yerni qoʻldan chiqarish uchun 50 kishi kun boʻyi engashib suv toʻla sholipoyadan chiqmasdi.

Fermerning sinov tariqasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasidan umidi katta. Koreys hamkorlar tajribasini qoʻllash natijasida gektarlar hosildorligi 20 sentnerga koʻpayib, 80 sentnerdan oshmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

14 Aug 06:37
 
20
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik

26 Jul 11:09
 
60
0
xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriy

26 Jul 10:23
 
62
0
xs.uz

Fargʻonada kuchli sel koʻchalarni qum-shagʻalga toʻldirdi

Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomgʻiri va doʻl yoqqan. Oqibatda 'Qurqul' va 'Bukan' sel yoʻlidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda 1,5html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2 m3/s sel oqimi oqib tushgan. Toshqin suvi aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.Shuningdek, Shohimardon MFY hududida joylashgan 'Tosh' sel yoʻlidan soat taxminan 15:30 larda jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga ke