calendar 11 Jul 22:21
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fransiyadagi 900 yillik Ruan soboriga o‘t ketdi (video)

image

Bugun, 11 iyul kuni Fransiyaning shimoliy qismidagi Ruan shahrida joylashgan XII asrga oid Ruan soborida yong‘in chiqdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, yong‘in 120 metr balandlikda, restavratsiya ishlari olib borilayotgan shpil ustida boshlangan. Binodagi odamlar evakuatsiya qilingan, sobor atrofi o‘rab olingan. Yong‘inni o‘chirishga 74 nafar odam va 40 ta texnika jalb qilingan.

“Yong‘inni birinchi bo‘lib ishchilar payqagan. Olov tarqalishi uncha xavf tug‘dirmagan. Negaki, yong‘in sodir bo‘lgan sobor minorasidagi konstruktiv elementlar va narsalarning aksariyati metalldan yasalgan”, deyilgan Ruan rasmiylarining bayonotida.

Rasmiylar yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmaganini bildirgan. Shahar meri Nikolya Mayer-Rossinol yong‘in bartaraf etilgani, biroq uning yuzaga kelish sabablari aniqlanmaganini aytdi.

Ma’lumot uchun, ushbu sobor Fransiyadagi eng mashhur cherkovlardan biridir. Uning ilk qurilish jarayoni XII asrda boshlangan. 900 yillik tarixga ega bo‘lgan 151 metrlik bu sobor 1876 ​​yildan 1880 yilgacha dunyodagi eng baland bino bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

27 Jul 12:24
 
68
0
qalampir.uz

Tramp Netanyaxu bilan uchrashdi

Kecha, 26 iyul kuni AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan qariyb to‘rt yil ichida birinchi marta yuzma-yuz uchrashdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.  Ikki siyosatchi Netanyaxu Jo Baydenni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabriklaganida buzilgan muhim siyosiy ittifoqni qayta tiklashga harakat qildi. Tramp Palm-Bichdagi (Florida shtati) Mar-a-Lago qarorgohi zinapoyasida turib, AQSHga bir haftalik tashrif

27 Jul 17:16
 
79
0
qalampir.uz

Shahzoda Garri xotini Meganga suiqasd uyushtirilishidan qo‘rqmoqda

Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li shahzoda Garri agar uning rafiqasi, Sasseks gersoginyasi Megan Markl Buyuk Britaniyaga qaytib kelsa, unga nisbatan suiqasd uyushtirilishidan cho‘chimoqda. Bu haqda u ITV’ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Shahzodaning aytishicha, Britaniya tabloidlari amerikalik aktrisaning salbiy obrazini yaratishi, bu ruhiy jihatdan nosog‘lom odamni ham jinoyat sodir etishga undashi mumkin. Shahzoda Garri bir necha yildan buyon qirollik sudlar

22 Jul 13:33
 
60
0
xs.uz

AQSHda nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Qurbonlar bor

AQSHning Missisipi shtati Indianola shahrida nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Oqibatda uch kishi halok boʻldi, yana 16 kishi yaralandi. Bu haqda WTVA telekanali mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.'Indianoladagi ommaviy otishmada uch kishi halok boʻldi, yana koʻp kishi jarohatlandihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Politsiyaning aytishicha, otishma oqibatida 16 kishi yaralangan', ' deyiladi xabarda.OAV maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlarning barchasi 19 yoshda