calendar 11 Jul 22:02
eye 164
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

3 yoshli go‘dak vahshiylarcha o‘ldirildi.

image

Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirdi.

Qotillik sodir etilgani haqidagi ma’lumot 10 iyul kuni tunda tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea 9 iyul kuni tungi soat 3 lar atrofida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Jinoyat sodir etilgan ko‘p qavatli binoga mas’ul bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi va vafot etgan bolaning onasi ko‘p qavatli uyga ijarada yashash uchun kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, jinoyat sodir etilgan kuni jinoyatchi narkotik dori vositasini qabul qilgan. Erkak ayolning telefonda boshqa bir kishi bilan gaplashayotganini eshitib, jahl ustida ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab tashlagan.

“Bular er-xotin ekani haqida ma’lumotimiz yo‘q. Ijarada yashash uchun kelganiga ham ko‘p bo‘lmadi. Hali qo‘shnilar bilan tanishishga ham ulgurishmagan. Shaxsan men ham bu uyda ijarachi borligini 2 kun avval bildim.

QALAMPIR.UZ Jinoyat sodir etilgan mahalla noziri, shuningdek, mahalla mas’ullariga yuzlandi. Biroq ularning hech qaysisi rasmiy ma’lumot berishni istagani yo‘q. Yashnobod tuman hokimi yordamchisi Otabek Mirzayev esa holat yuzasidan hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytib o‘tdi. 

O‘zini tanitishni istamagan mahalla faollaridan biri voqeani yuqoridagidan boshqacharoq tasvirlamoqda.  

“Jinoyatchi narkotik dori vositasi ta’sirida bo‘lgan. Kechasi bola yig‘lagan. Bu erkakka yoqmagan. Narkotik tabletka ta’sirida bo‘lgan erkak 3 yashar bolani pichoqlab o‘ldirgan. 

Ayol yordam so‘rab ko‘chaga qochib chiqqan, erkak uni ortidan quvib ketgan, bunga guvoh bo‘lgan qo‘shnilar darhol ichki ishlar organlariga xabar bergan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kelib, erkakni olib ketgan”, deydi u.  

O‘zini tanitishni istamagan ayolning qo‘shimcha qilishicha, erkak Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida, ayol esa Toshkent viloyati Qibray tumanida doimiy ro‘yxatda turgan 

Hozirgacha ijtimoiy tarmoqlarda yigit va qizni taniganlar holat nima uchun va qanday sodir bo‘lgani haqida o‘z farazlarini taqdim etmoqda. Tarmoqdagilar va yuqoridagi ikki guvohning aytganlari ham rasmiy va tasdiqlangan ma’lumot emas. Bosh prokuratura ham hozirgacha voqea qanday sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hozircha, holat yuzasidan Bosh prokuraturaga rasmiy axborot berib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanganini ma’lum qilgan.  

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ham holat yuzasidan izoh berib, erkak qamoqqa olinganini ma’lum qildi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
378
0
xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057

21 Apr 08:34
 
26
0
xs.uz

Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis