calendar 11 Jul 19:36
eye 120
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil va HAMAS sulh rejasining asosiy shartlari bo‘yicha kelishib oldi – WP 

image

Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasining asosiy shartlarini kelishib oldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi.

Anonim qolishni istagan AQSH ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujjatning asosiy qoidalari kelishib olingan, tomonlar uni amalga oshirish tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Biroq boshqa amerikalik rasmiylarning nashrga tushuntirishicha, bu kelishuv imzolanadi, degani emas.

Rejaning tafsilotlari “juda murakkab” va kelishish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

31 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uch bosqichdan iborat yangi kelishuv loyihasi shartlarini e’lon qildi.

Birinchisi olti haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, isroillik qo‘shinlarini aholi punktlaridan olib chiqib ketish, Isroil qamoqlaridan yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etishni nazarda tutadi.

Bu davrda tomonlar muzokaralarni boshlashi kerak va o‘zaro kelishuvga erishilgunga qadar sulh o‘z kuchida qoladi.

Ikkinchi bosqich barcha garovga olinganlarni, jumladan harbiy xizmatchilarni ozod qilishni, uchinchi bosqich G‘azo sektorini tiklash va halok bo‘lgan isroilliklarning jasadlarini yaqinlariga topshirishni o‘z ichiga oladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:55
 
50
0
xs.uz

Isroilning Xon Yunisdagi hujumlari oqibatida 27 kishi halok boʻldi

Isroil kuchlari evakuatsiya qilish haqidagi varaqalarni tashlaganidan koʻp oʻtmay Xon Yunis shahri sharqida havo va artilleriya hujumlarini boshladi. Bu esa odamlarga koʻrsatmalarga amal qilish imkoniyatini bermagan.Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlardan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning ke

11 Aug 03:44
 
25
0
xs.uz

Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” ish ekanligini bildirdi

Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' boʻlishini bildirgan. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar bermoqda.Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliya vazirining bayonotlari boʻyicha tushuntirish berishini so

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Moskvada avtomobilni portlatishda gumonlangan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi (video)

Turkiya huquq-tartibot idoralari Moskva shimolida avtomobilni portlatishda gumon qilingan Rossiya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, hibsga olingan shaxsning ismi Yevgeniy Serebryakov, u Moskvadan ertalabki reysda Bodrumga kelgan. Erkak ilgari Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxslarning xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan. Interpolning Rossiya bo‘limi

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o