calendar 11 Jul 18:36
eye 139
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda – “The Telegraph”

image

Xitoy Tojikiston hududida o‘n yildan beri yashirin harbiy baza qurmoqda. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manba tomonidan e’lon qilingan videoyozuvda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar aks etgan.

“Xitoy o‘zining ilg‘or mudofaa chizig‘ining bir qismi sifatida Markaziy Osiyo davlatiga o‘q-dorilar va harbiy texnologiyalarni yetkazib bermoqda. Bu esa “Tolibon” boshqarayotgan Afg‘onistonning xavfsizlikka tahdidi kuchayib borayotganidan dalolat beradi”, deya yozadi nashr.

Gazetaga ko‘ra, rasmiy Pekin iqtisodiyotga katta sarmoya kiritgandan so‘ng, qo‘shni davlat bilan harbiy ta’sirini oshirishga intilmoqda. Bu, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya o‘rniga Xitoy va hatto Turkiyani iqtisodiy va harbiy hamkori sifatida qabul qilish tendensiyasidan biridir.

“Xitoy 2016 yilda Tojikiston bilan xavfsizlik shartnomasini imzolagan. Pekin qariyb o‘n yildan beri bu maxfiy bazani dunyoning eng chekka burchaklaridan birida qurmoqda. Pekin qo‘shni davlatlarda ham xuddi shunday yo‘l tutishni rejalashtirayotganidan xavotir kuchaymoqda. Chunki Rossiyaning iqtisodiy va xavfsizlik bo‘yicha odatiy hamkori bo‘lgan Xitoy Moskva tomonidan Ukrainada urush harakatlari olib borilayotgan paytda Tojikiston bilan munosabatlarni kuchaytirmoqda”, deya yozgan gazeta.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi. Xitoy rahbari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston joriy yilning iyul oyida Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) dasturini imzolash tashabbusi bilan chiqishni taklif qilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  “Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadi

26 Jul 11:02
 
52
0
qalampir.uz

Harris frontiga tez orada Obama ham qo‘shiladi

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni “NBC News” xabar berdi. Ikki siyosatchining aloqalaridan xabardor bo‘lgan odamlarga tayangan holda, nashr Obama shaxsiy tarzda Harris nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlagani va u bilan muntazam aloqada bo‘lib kelganini yozmoqda. Ammo Obama jamg‘armasi "Reuters"ning mazkur jarayon

14 Aug 06:38
 
22
0
xs.uz

Zaporojedagi yongʻinda kim aybdor?

Shu yilning 11-avgust kuni Zaporoje atom elektr stansiyasida yuz bergan yongʻin sababli Ukraina hamda Rossiya bir-birini ayblamoqda.Kreml tomoni bunga Ukraina oʻqlari sabab boʻlganini aytdi. BMTning yadroviy nazorati tashkiloti obyektdan kuchli qora tutun chiqayotgani, ammo yadroviy xavfsizlikka hech qanday taʼsir koʻrsatmaganini aytdi.Voqea Ukraina qoʻshinlari Rossiya ichkarisiga 30 kmgacha ilgarilab ketgan bir paytda roʻy berdi. Zelenskiy radiatsiya koʻtarilishi yoki yadro sizib chiqis

11 Aug 03:44
 
25
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi bombardimoni kuchaydi

Isroil askarlari Gʻazo boʻylab hujumlarini kuchaytirmoqda. Isroilliklar oʻtgan kun ichida Gʻazodagi 60 ta nishonga zarba berganini daʼvo qildi. Harbiy obyektlar va qurol-yarogʻlarning katta qismi yoʻq qilingan. Shuningdek, Rafah hamda Gʻazo markazida oʻnlab jangchilar qatorida tinch aholi halok boʻlgan. Yahudiy davlati kuchlari Jabaliya lageri yaqinidagi uyga zarba berib, 18 kishini yaraladi. Bir kishi qurbon boʻlgan.Xon Yunisda ham jangovar operatsiyalar boshlangan. Isroil harbiyl