calendar 11 Jul 17:44
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

image

Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Ravshanovich Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Farhod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlandi. 

Qayd etish joizki, Prezident qarori bilan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida shu kombinat tashkil etilgan edi.

Uchtepa tumani hokimi vazifasini esa hokimning birinchi o‘rinbosari Jamshid Olimjonov vaqtincha bajarib turadi.

Ma’lumot uchun, Farhod Abdullayev 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida qator korxonalar rahbari, xususan, 2011−2017 yillarda Sergeli tumanidagi "Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ bosh direktori, 2017−2018 yillarda "O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2019 yildan to hozirgacha Farhod Abdullayev poytaxtning Uchtepa tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro shahrining sobiq hokimi Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 16:34
 
73
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi «Korzinka»ga jazo belgiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 'Korzinka' supermarketlar tarmogʻi ('Anglesey Food' MCHJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.Qoʻmita matbuot xizmatning maʼlum qilishicha, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan

27 Jul 11:44
 
70
0
qalampir.uz

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p ko‘chib kelishmoqda?

Doimiy yashash uchun boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklarning 81,5 foizi Qozog‘istonni tanlamoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, dastlabki yarim yil davomida besh ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qator davlatlarga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ko‘chganlarning asosiy qismini 4 128 kishi tashkil qilib, ular Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Shu bilan birga, Rossiyaga 760 kishi, Qirg‘izistonga 34 kishi, Janubi

26 Jul 10:20
 
36
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

12 Jul 12:36
 
102
0
xs.uz

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi

Unda quyidagi maʼlumotlar aks etgan:Test sinovlarini oʻtkaziladigan binolar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali (uzbmb.uz) tanishish mumkin.Shuningdek, 'Abituriyent ruxsatnomasi'da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.