calendar 11 Jul 15:13
eye 90
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentdan panoh topgan siyosiy qochqinlar

image


1866-yil avgust oyida Rus imperatorining Toshkentni Rus davlati ' tobeligiga olganligi haqidagi rasmiy farmonni eʼlon qilindi. 1867-yilda Sirdaryo va Semirechensk, yaʼni Yettisuv viloyatlarini oʻz ichiga olgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, bu mansabga general Kaufman tayinlandi. Toshkent Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻlib qoldi.

Hamid Ziyoyev, tarix fanlari doktori, professor.

Toshkentga kelib qolgan siyosiy qochqinlarning eng mashhurlari Kitob va Shahrisabz beklari boʻlgan Joʻrabek va Bobobeklardir.

Bu ikkisining bu kentga kelib qolish tarixi judayam qiziq. Shahrisabz ruslar tomonidan egallanib, amirning ixtiyoriga qaytarilgach, Joʻrabek va Bobobek Qoʻqonga qochadi, ammo ular Xudoyorxon tomonidan bosqinchiga tutib beriladi.

Yujin Skayler oʻzining 'Turkiston' asarida bu haqda shunday yozadi: 'Oʻz vaqtida Xudoyorxon amir Nasrulloga oʻzining tashvishlari va surgun qilinishi haqidagi gaplarni aytganida Joʻrabek uning ustidan kulib, 'qari kampir' deb masxara qilganidan, unga nisbatan eski alami bor edi. Ular tutqun sifatida Toshkentga keltirilib, bir muddat nazorat ostida yashadi'.

Bu ikki bek Rossiya agentligi orqali Buxoro hukumati tomonidan 2000 rubl pensiyani olib turgani esa ularning rosmana tutqunda boʻlmaganini taʼkidlayotgandek boʻlaveradi. Qolavera, Joʻrabek ruslar butun Markaziy Osiyoni bosib olib, uning egasiga aylangach, oʻzining kelgusida ular orqali hokimiyatga kelishiga qattiq ishongan.

Agar Buxoro amiri yoki Qoʻqon xoni taxtdan agʻdarilishi va vassalni tayinlash kerak boʻlganda, Joʻrabek har ikki tomon: ham mahalliy aholi, ham ruslarning manfaatlariga birdek mos keluvchi shaxs. Shu bilan birga uning, amirlik taxtiga koʻtarilishiga haqli boʻlgan toʻrtta urugʻdan biri boʻlgan kenagas urugʻidan kelib chiqqanligi ham aholining hech qanday qarshiligisiz taxtga loyiq koʻrilishini taʼminlagan boʻladi.

Yujin Skaylerning''Turkiston' asaridan.

Toshkentga kelgan siyosiy qochqinlar orasida hokimiyatidan agʻdarilgan, Rossiya marhamatidan umidvor Samarqand yaqinidagi togʻlarda joylashgan kichikkina Kishtut va Farob bekliklari beklari Shodibek va Saidbek hamda Oʻratepaning sobiq begi Abdugʻafforbeklar ham boʻlgan.

Siyosiy qochqinlar orasida nufuzlilaridan biri amir Muzaffarning jiyani Saidxon edi. U butun oila aʼzolari qatl etilgach, Buxorodan qochadi va Toshkentga kelib qoladi. Qizigʻi shundaki, u amaldagi amirdan ham oʻzini taxtga vorislikka eng munosib, deb hisoblaydi. Hatto, u bu borada ruslar ham oʻzini qoʻllashidan umid qilgan.

Bosqinchilarning siyosiy qochqinlardan nima maqsadda foydalanmoqchi boʻlganligini tushunish mumkin. Ammo, oʻzimiznikilarni tushunish mushkul.

Biz Toshkentdan panoh topgan ushbu siyosiy qochqinlarni sotqin, xoin, deyish fikridan yiroqmiz. Lekin ularning xatti-harakatlari, aniq qilib aytadigan boʻlsak, harakatsizliklarini koʻrib, ikkilanib qolasan, kishi.

Axir, ularning barchasi Toshkentda turib, ona Vatanimiz sekin-astalik bilan bosqinchilar tomonidan egallab olinayotganligini va yurtdoshlarimiz qirib tashlanayotganligini bilib turishgan edi-ku.

Yoki boʻlmasa, ularning Vatan, vatandoshlik haqidagi fikr-u qarashlari umuman boshqacha boʻlganmidi?..

Yoki qaytib amalga minishlari uchun barchasiga, yaʼni Vatanlari talon-taroj boʻlishiga-yu, eldoshlarining xor-u zorligiga rozi boʻlishganmi?..

Yoki yuragining tub-tubida amallab taxtga kelib olsam, keyin bosqinchi bilan hisob-kitob qilib olaman, degan aldamchi oʻy-xayollar bormidi?..

Albatta, bu bizga qorongʻi. Faqat bir narsa aniqki, ular bosqinchilarga qarshi biron-bir ish qilgan emashtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Tarixning achchiq haqiqati barchamizga saboq boʻlmogʻi darkor!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel