calendar 11 Jul 15:12
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?

image
Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.

Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.

Mazkur jamoalar rasmiy musobaqalarda 10 bor toʻqnash kelgan. Jumladan, jamoalar toʻrt marta Yevropa chempionati final bosqichida, ikki bor saralash bosqichda, bir marta jahon chempionatida, bir marta jahon chempionati saralashida va bir bor UYEFA millatlar ligasi musobaqalarida bahslashgan. Eʼtiborlisi, rasmiy oʻyinlarning ikkitasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Olti oʻyinda esa fransuzlar raqiblaridan ustun kelgan. Ikki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan.

Ispaniya va Fransiya Yevropa chempionati final bosqichida ilk bor ' 1984-yilda oʻtkazilgan musobaqaning finalida bir-biriga qarshi maydonga saf tortgan. Oʻyinda Mishel Platini va Bryuno Bellon tomonidan kiritilgan gollar yakunda fransuzlarni musobaqa gʻolibiga aylantirgan edi.

1996-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatining guruh bosqichida Fransiya va Ispaniya durang oʻynagan ' 1:1. Uchrashuvda Yuriy Jorkayeff va Xose Luis Kaminero gol muallifi boʻlgan.

2000-yilda tashkil etilgan Yevropa chempionatining ham ¼ finalida Ispaniya va Fransiya oʻzaro bahslashgan. Uchrashuvda fransuzlar 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan. Oʻyinda Zayniddin Zidan va Yuriy Jorkayeff tomonidan kiritilgan gollarga Gaiska Mendyeta bitta aniq zarba bilan javob bergan.

2012-yilda oʻtkazilgan qitʼa birinchiligining ¼ finalida esa Ispaniya Xabi Alonsoning ikki goli evaziga Fransiyani musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Xoʻsh, bugun Fransiya rasmiy oʻyinlardagi ustunligini saqlab qola oladimi? Yoki Ispaniya 1984-yilgi final uchun 'qasos' oladimi?

Fransiya ' Ispaniya uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
35
0
xs.uz

Yangi Oʻzbekiston qahramonlari – Fotoreportaj

XXXIII yozgi Olimpiadada tarixiy natija koʻrsatib, Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrogʻini koʻklarga ko'targan sportchilarimiz bugun Oʻzbekistonga yetib keldi. Minglab ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endzbek sporti muxlislari qahramon sportchilarimizni tantanali kutib olishdi.Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirigʻiga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.Bir necha kun butun dunyo eʼtibor markazida boʻlgan Parij-2024 XXXIII yozgi

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Abdumalik Xalokov Parij Olimpiadasida tengsiz!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov (-57 kg) oltin medal uchun Qirgʻiz Respublikasi vakili Munarbek Saidbek oʻgʻliga qarshi ringga koʻtarildi.Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibini yutdi. Ikkinchi raund ham xuddi hisobda bokschimiz foydasiga hal boʻldi. Shu tariqa butun jang davomida ustunlik qilga

26 Jul 10:21
 
73
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp