calendar 26 Jul 10:19
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi. 

32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini UFC on ABC 6 turniri doirasida o‘tkazib, daniyalik Nikolas Dalbini mag‘lubiyatga uchratgan. 

30 yoshli Ro‘ziboyev MMA'da 43-34-9 rekordga ega. U oxirgi jangini shu yil may oyida UFC on ESPN 56 turniri doirasida amerikalik Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:36
 
32
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova bronza medalini qoʻlga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.Qayd etilishicha, ushbu dasturda qatnashgan oʻzbekistonlik Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash lozimki, sportchi ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkichini qayd et

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni

22 Jul 09:41
 
59
0
qalampir.uz

Avstraliya delegatsiyasi Olimpiada ochilishida hojatxonalar kam bo‘lishidan xavotirlanmoqda

Fransiyaning Parij shahrida 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida sportchilarni tashish uchun foydalaniladigan qayiqlarda hojatxonaning yo‘qligi ehtimoli milliy terma jamoalarni tashvishga solmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Parijda tarixda birinchi marta Olimpiadaning ochilish marosimi stadionda o‘tkazilmaydi. Maxsus qayiqlar Sena daryosi bo‘ylab Austerlits ko‘prigidan, keyin Notr-Dam sobori yonidan suzib o‘tadi va Eyfel m

26 Jul 10:19
 
52
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano