calendar 11 Jul 15:12
eye 125
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi

image
Toshkentda 8-9-iyul kunlari 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Musobaqaning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi.

Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bilan 4-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Shaxriyar Mamediyarov (5-oʻrin), Aleksandr Grischuk (6-oʻrin), Richard Rapport (7-oʻrin), Nodirbek Yoqubboyev (8-oʻrin) Shamsiddin Vohidov (9-oʻrin) va Jahongir Vahidov (10-oʻrin) kabi shaxmatchilar ham turnirda yaxshi qatnashdi. Nodirbek Abdusattorov gʻoliblik uchun 12 ming AQSH dollar olgan boʻlsa, ikkinchi oʻrin sohibi Javohir Sindorov 8 ming, eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo esa 6 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Grossmeyster Rustam Qosimjonov 2004-yili shaxmat boʻyicha FIDE jahon chempionatida Veselin Topalov va Maykl Adams kabi taniqli shaxmatchilarni magʻlub etib, oʻzining eng katta gʻalabasiga erishgan. U shuningdek, Vishvanatan Anand va Fabiano Karuana kabi jahon shaxmat yulduzlarini shugʻullantirgan. Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov Buxarestdagi musobaqada 200 millionga yaqin pul ishlab olgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

16 Apr 09:12
 
40
0
xs.uz

Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi

Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el