calendar 11 Jul 15:12
eye 101
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda bankni oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi

image
Toshkent shahridagi banklarning birini oʻmarmoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ish ustida dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqali noqonuniy oʻzlashtirishga uringan shaxslarning qilmishlari fosh etilgan.

Xususan, aniqlanishicha, Toshkent shahridagi banklardan birining sobiq xodimi hozirgi kunda mazkur bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bankning dasturiy taʼminoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSH dollari evaziga sotib olgan.

Soʻngra, u Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 51 yoshli muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 35 yoshli fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, dastlab bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd. soʻm mablagʻni xaker jalb qilgan holda oʻgʻirlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga oʻtkazishni reja qilishadi.

Qonunbuzarlar 189 mlrd. soʻmni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga oʻtkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ular oʻzlarining qabih niyatlari amalga oshgan taqdirda, goʻyoki bankning dasturiy taʼminotiga chet eldan xakerlik hujumi boʻlganligi toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumot tarqatishni rejalashtirishgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi 'a' bandi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 19:13
 
99
0
xs.uz

Qator hududlarda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 'E.P.' va 'G.B.' MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish uchun ajratilgan 962,5 million soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida fermer xoʻjaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.Shu kabi, departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilga

11 Jul 15:12
 
114
0
xs.uz

Soliqlarning ixtiyoriy toʻlanish darajasi maʼlum boʻldi

2024-yil II chorakda Respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 96%ni tashkil etdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, eng yaxshi koʻrsatkich yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSIda qayd etilib, bu 98 foizdan koʻproqni tashkil etdi.Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida esa 96 foiz soliq toʻlovchila

16 Jul 11:51
 
98
0
xs.uz

Markaziy bank 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qoʻlladi

Maʼlum qilinishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan iyun oyidagi yigʻilishlarida (yetti marta) 42 ta masala koʻrilgan va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilingan.Unga koʻra, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 28 ta masala koʻrilgan. Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 14 ta masala ' Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshir

14 Aug 06:37
 
25
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,04'soʻmga oshdi va'12 630,96'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'4,31'soʻmga koʻtarilib,'13 801,85'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'4,24'soʻmga pastlab,'139,09'soʻmni tashkil qildi.