calendar 16 Jul 11:51
eye 99
comments 0
comments Manba: xs.uz

Markaziy bank 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qoʻlladi

image
Maʼlum qilinishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan iyun oyidagi yigʻilishlarida (yetti marta) 42 ta masala koʻrilgan va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

Unga koʻra, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 28 ta masala koʻrilgan. Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 14 ta masala ' Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.

Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablariga rioya qilinmagani'hamda'Markaziy bankka taqdim etilgan maʼlumotlarda noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgani va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanilgan.

Bundan tashqari, qoʻmita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, oʻrnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sogʻlomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
66
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,54'soʻmga oshdi va'12 618,26'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham'29,62'soʻmga koʻtarilib,'13 675,67'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,31'soʻmga pastlab,'142,90'soʻmni tashkil qildi.

11 Aug 03:44
 
36
0
xs.uz

Rubl kursi pastladi, dollar esa yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,97 soʻmga oshdi va 12 651,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 29,51 soʻmga koʻtarilib, 13 824,82 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,05 soʻmga pastlab, 145,91 soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 15:13
 
74
0
xs.uz

Oʻzbekiston bolalar toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar roʻyxatiga kiritildi

Mazkur roʻyxatda dunyoning 63 ta davlati nomi keltirilib, ular 3 guruhga boʻlingan. Xususan:1. Yuqori darajada;2. oʻrta darajada;3. Past darajadagi oziq-ovqat qashshoqligi qayd etilgan.Uchinchi guruhga Belarus, Turkmaniston hamda turizm salohiyati bilan ajralib turuvchi Gruziya va Vyetnam kabi davlatlar kiritilgan.Oʻzbekistonda esa toʻyib ovqatlanmaslik darajasi ikkinchi guruhda qayd etilgan. Shuningdek mazkur guruhdan Iroq, Iordaniya kabi davlatlar ham oʻrin olgan.Bolalari toʻyib ovqatla

26 Jul 10:18
 
45
0
postda.uz

QIMMATGA TUSHGAN TANISHUV

Azat (ismlar o‘zgartirildi) o‘zining o‘ttiz ikki yillik hayoti davomida ikki marotaba qilmishlari uchun jinoiy jazoga tortildi. Ammo bundan tegishli xulosa chiqarmadi, shekilli, yana jinoyatga qo‘l urdi. Oldingi qilmishi uchun axloq tuzatish jazosini o‘tab yurgan Azat bir kuni «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali Sarvinoz ismli qiz bilan tanishib qoldi. Dastlab shunchaki tanishuv asnosida boshlangan munosabatlar keyinchalik do‘stlikka aylandi. Azat qizning ishonchiga kirishga