calendar 11 Jul 15:12
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Mablagʻ topish, jamgʻarish, koʻpaytirish tobora qiyin boʻlib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.

Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari byudjet xarajatlarining samaradorligi masalasiga alohida toʻxtalib, moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Maʼlumki, bu vazifani Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. Hozirgi tizimda faqat byudjet va maqsadli jamgʻarmalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi.

Shu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini tashqi auditdan oʻtkazish taklif etilmoqda. Bu byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.

Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy taʼminotlar samaradorligi boʻyicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi moʻljallanmoqda.

Yurtimizda 30 mingga yaqin byudjet tashkiloti va davlat korxonalari boʻlib, ularni joyiga chiqib oʻrganishga koʻp vaqt va mablagʻ ketadi. Shuning uchun Hisob palatasida 'Masofaviy nazorat markazi' ishga tushirildi. Endi ilgʻor xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Soʻnggi yillarda hududlar rivojiga katta mablagʻlar yoʻnaltirilayapti. Lekin mahalliy kengashlar byudjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman byudjeti bilan cheklanayapti. Bu ' har bir hududga barcha manbalardan berilayotgan mablagʻlarning 65-70 foizi ularning nazoratidan chetda qolayapti, degani.

Shu bois Hisob palatasi byudjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 11:03
 
88
0
qalampir.uz

Bolani zanjirband qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda Damas rusumli avtomashina ichidan topilgani, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir etilgani xabar qilingandi.  Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda ish sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmi bilan bolani zanj

15 Jul 12:03
 
47
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta

11 Jul 15:12
 
49
0
xs.uz

“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish boʻyicha Prezident qarori imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi ('Qoʻqon' EIZ) hududi kengaytiriladi.Qayd etilishicha, 'Qoʻqon' EIZni

22 Jul 18:49
 
43
0
xs.uz

Prezidentga sport va olimpiya harakati rivoji boʻyicha axborot berildi

Bugun, 22-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashgʻulot zallari, 'workout' maydonchalari, yugurish yoʻlaklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.Mahallalardagi sogʻ