calendar 11 Jul 15:12
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish boʻyicha Prezident qarori imzolandi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi ('Qoʻqon' EIZ) hududi kengaytiriladi.

Qayd etilishicha, 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi'unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlanadi.

Shuningdek, 2026-yil oxirigacha 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishi, shundan 313,6 million dollarini eksportga yoʻnaltirish boʻyicha quvvatlar ishga tushirilishi taʼminlanadi.

Avvalroq Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston'Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.Xabarda aytilishicha, 'Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish' mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan 'yoʻl xaritasi'ga muvofiq oʻtkazilmoqda.'Qardosh

29 Oct 20:48
 
3
0
xs.uz

Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3

20 Sep 00:21
 
37
0
xs.uz

Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritiladi. Qonun loyihasi Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur qonun loyihasi bilan Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo ya