calendar 11 Jul 15:12
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

image
'Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat' tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.

Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida 'Inson' markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi boʻyicha maʼlumotlar shakllantiriladi.

Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, taʼlimga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va taʼlimga individual yondashuv asosida yoʻnaltiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish ham koʻzda tutilmoqda. Shu bois quriladigan va taʼmirlanadigan binolar bunga moslashganligi boʻyicha majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. 'Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda' jamgʻarmasining kamida 10 foiz mablagʻi har yili chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish boʻyicha qurilish va jihozlashga yoʻnaltiriladi. Toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.

Jamoat transporti boʻyicha tenderlarda faqatgina nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul xizmat koʻrsatiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy tadbirlar, koʻngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.

Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi 'Inson' loyihasi haqida boʻldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan boʻlib, uning doirasida 55 ta koʻpfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent, Fargʻona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar taʼlimi markazlari tashkil etiladi.

Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish boʻyicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi.

Sohadagi yana bir yangilik 'ijtimoiy karta' tizimining joriy etilishi boʻladi. Bu orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. 'Ijtimoiy karta' bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi.

Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablagʻ tejaladi. Soha toʻliq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan 'ijtimoiy-raqamli pasporti' joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari bu borada tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, samarali joriy etish, ehtiyojmand insonlarning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:51
 
123
0
xs.uz

Avia, temiryoʻl va avtobus qatnoviga chipta olish imkonini beradigan yagona platforma ishga tushiriladi

2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi.2024-yil 1-dekabrgacha barcha avia, temiryoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.Transport vazirligi:

29 Jul 14:12
 
56
0
qalampir.uz

Andijonda 46 ming dollarga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan yer maydonini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, fuqaro Z.K. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaro D.E.ga yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini 46 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib beri

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi: