Oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborilmoqda
2020-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mamlakatimizda oʻzini oʻzi band qilish instituti joriy etildi.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan aholining murojaatlaridan kelib chiqib, oʻzini oʻzi band qilish, xususan, fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash orqali pensiya uchun zarur mehnat stajini hisobga olish borasidagi ishlar holati oʻrganildi.
Oʻzini oʻzi band qilish tizimi 'Aholi bandligi toʻgʻrisida'gi Qonun, Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi 'Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solingan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 100 dan ziyod faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari mavjud.
Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Soliq kodeksning 408-moddasiga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq ixtiyoriy ravishda toʻlanadi. Shuningdek, ushbu moddaga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliq toʻlovini hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiradi.
Joriy yilning 6 oy davomida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni oshdi.
Aholining murojaatlari va tahlillar tizimda baʼzi muammolar borligini koʻrsatdi. Xususan, 2020'2023-yillarda roʻyxatga olinganlarning faqatgina 13 foizi ijtimoiy soliq toʻlovini amalga oshirgan.
Shuningdek, 2023-yilda aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 'Ayollar daftari' hamda 'Yoshlar daftari'ga kiritilgan 65 mingga yaqin fuqarolarga oʻzini oʻzi band qilish uchun davlat tomonidan moliyaviy koʻmak, yaʼni 313 mlrd soʻm subsidiya ajratilgan boʻlib, daromad olish manbai yaratilgan boʻlsa-da, ushbu fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlovi darajasi pastligicha qolmoqda.
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlamaslik kelajakda ularning ijtimoiy himoyalanishi holati pasayishiga, yaʼni yoshga doir pensiya olish huquqidan mahrum boʻlishiga olib keladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam miqdorda soliq toʻlangan hollarda ularga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmayapti va ayni paytda toʻlangan summani soliq toʻlovchiga qaytarish amaliyoti ham yoʻlga qoʻyilmagan.
Norasmiy mehnat nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy salbiy taʼsir etadi, balki inson hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadi, qariganda yoki mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda ijtimoiy himoyasiz qoldiradi.
Maʼlumki, Soliq kodeksining 408-moddasiga binoan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hisobot yilining 1-dekabrigacha toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Amalda mazkur sanadan keyin (1'31-dekabr oraligʻida) soliq toʻlagan shaxslarga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan.
Vazirlar Mahkamasiga yuborilayotgan parlament soʻrovida aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish, qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga qulaylik yaratish soʻralmoqda.
Muhokama soʻnggida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniVatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidag
Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi
Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub
“Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining ertalabki qatnov vaqtini oldinga surish taklif etildi
Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.Amaldagi jadval (ertalab joʻnash vaqti):Taklif etilayotgan jadval (ertalab joʻnash vaqti):Yoʻlovchilar mazkur oʻzgartirish boʻyicha'ushbu havola'orqali oʻz munosabatlarini bildirishi mumkin.
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik