calendar 11 Jul 15:12
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

image
Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini koʻrish mumkin.

Xususan, soʻnggi besh yilda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) faoliyatiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilingan. Olib borilgan ishlar natijasida respublikada METH maydoni 6,4 mln ga yetkazilib, mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF'37-sonli Farmoniga muvofiq joriy yilda Fargʻona va Namangan viloyatlarida milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish hamda METH maydonini 14,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Transchegaraviy METH tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib, manfaatdor tomonlarga taqdim etilgan.

METHda hayvonot va oʻsimlik dunyosi kontrabandasi, noqonuniy ovchilik, oʻsimliklarning noqonuniy kesilishining oldini olish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va monitoring qilish boʻyicha smart monitoring tizimi joriy etilib, kadastr maʼlumotlarini toʻplash hamda shakllantirish va tahlil qilish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilingan. METHda 500 dan ortiq fotoqopqon oʻrnatilib, yovvoyi hayvonlar hisobi va monitoringi yuritilmoqda.

METH birlamchi yongʻinga qarshi kurashish vositalari bilan taʼminlangan, yongʻinga qarshi yoʻllar taʼmirlanib, minerallashtirilgan yoʻlaklar barpo etilgan.

Biotexnik tadbirlar uchun 693 ta nuqtada omuxta yem oxurlari, 92 ta nuqtada sunʼiy suvloqlar, 500 dan ortiq tuzloqlar va qoʻshimcha oziqlantirish maskanlari tashkil etilgan.

METHda ilmiy-tadqiqotlar olib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maxsus transport vositalari, laboratoriya jihozlari, elektron mikroskoplar, fotoqopqonlar va boshqa texnik anjomlar xarid qilingan.

METHga antropogen omillar taʼsirini kamaytirish maqsadida qator qoʻriqxonalarga tutash hududlarda qoʻriqlanma (bufer) zonalar tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlarini muhofaza qilish va takror koʻpaytirish maqsadida Buxoro bugʻusi parvarishxonalari, Qizilqum arxari parvarishxonasi hamda ixtisoslashtirilgan 'Jayron' pitomniklari tashkil qilingan.

Sohada huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 2023-yil davomida ikki mingga yaqin nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilgan. METHga tutash hududlarda istiqomat qiladigan aholi oʻrtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Qayd etilganidek, parlament soʻrovi javobi tahlillari va oʻtkazilgan oʻrganishlar ayrim masalalar hamon dolzarbligicha qolayotganni koʻrsatmoqda.

Jumladan, METHda biotexnik tadbirlarga mablagʻlar mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirilishi lozim boʻlsa-da, ayrim holatlarda ular tomonidan yetarli mablagʻ ajratilmay qolmoqda.

Hududlar xususiyatlarini, tabiiy majmualar va hududiy farqlarni hisobga olgan holda ekologik indikatorlarni ishlab chiqish lozim.

Noqonuniy chorva mollari boqilishi, yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va boshqa salbiy omillar sababli METHning biologik xilma-xilligi qisqarishi, umumiy biomassasi siyraklashishi davom etmoqda.

METH yer maydonlarini sanoat va boshqa maqsadlar uchun zaxiraga qaytarish uchun harakatlar kuchayib bormoqda.

Yalpi majlisda yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish, shuningdek, maʼlum vaqt talab etadigan va doimiy nazorat lozim boʻlgan ayrim masalalar parlament nazoratida qolishi qayd etildi.

Muhokamalardan soʻng Senatning tegishli qarori qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
47
0
qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan ke

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

16 Jul 23:33
 
169
0
xs.uz

Oʻzbekistonda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

Qarorga koʻra, shoirning 'Tanlangan asarlar' toʻplami oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va taqdimotlari oʻtkaziladi.Davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda 'Ajiniyoz' badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan 'Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan' mavzusida mamlaka

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8