3 milliard soʻmdan 500 AQSH dollarigacha: DXX mansabdorlar bilan bogʻliq korrupsiya holatlarni aniqladi
Ikkinchi holat, Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari oʻzining mansabdor tanishlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan 'Yangi Namangan shaharchasi'ni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 milliard soʻm talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangani qayd etilgan.
Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik boʻlinmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 million soʻm pul mablagʻini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qiladi. Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, joriy yilning fevral oyida sud hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi 'b' bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida oʻtamaslik, Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish, yashash manzilini tekshirmaslik hamda chora koʻrmaslik evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi berishini talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta inspektor 400 AQSH dollari hamda 1 million 260 ming soʻmni oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.
'Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan', deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi
Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat ' 7,8 foizga, qurilish ' 10,1 foizga, xizmatlar ' 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi ' 3,8 foizga oʻsdi.Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu ' oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229
Mirziyoyev va Japarov tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ko‘p qirrali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
"Ko‘ksaroy" qarorgohida Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, birinchi xonimlar Qibray
Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi (video)
Surxondaryo viloyatida Damas avtomobili Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida Sariosiyo tumanining “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasiga urilgan. So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘