calendar 11 Jul 15:10
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHda yolg‘on bayonot bergan o‘zbekistonlik qamaldi

image

Kecha, 10 iyul kuni AQSHda 37 yoshli o‘zbekistonlikka federal huquq-tartibot idoralariga yolg‘on bayonot bergani uchun bir oylik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Konnektikut shtatining Nyu-Xeyven shahridagi tuman prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi S.M 2009 yilning fevral oyida AQSHga ko‘chib ketgan, Konnektikut shtatining Nyu-Britaniya shahrida yashagan va 2010 yilning sentyabrida rezident sifatida qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan. U 2013 yilning 27 mayida AQSHdan Istanbulga jo‘nab ketgan. Safar davomida u akasi Suriyadagi fuqarolar urushida halok bo‘lganidan xabar topgan.

Ammo Federal tergov byurosi maxsus agentlari bilan Turkiyaga qilgan safari va akasi haqida so‘rov bo‘lib o‘taganda, u agentlarga bir necha bor yolg‘on gapirgan. Jumladan, akasi tirikligi hamda Turkiya yoki Dubayda yashayotganini, Turkiyaga qilgan safari chog‘ida akasi bilan uchrashgani, hatto akasi unga jo‘natma yuborganini aytgan. Shuningdek, u akasining qayerdaligini bilmasligini, AQSHdagi o‘zbekistonliklarning Suriyaga jang qilish uchun ketayotgani haqidagi gap-so‘zlardan bexabarligini ma’lum qilgan.  

“Aslida esa uning akasi AQSHdan Suriyaga borib, fuqarolar urushi paytida halok bo‘lganini bilar edi”, deyiladi xabarda.

2013 yil iyul oyi boshida uning telefonidan akasining Suriyadagi bir qancha video va fotosuratlari, jumladan harbiy kiyimda qurol tozalayotgani va akasining o‘limidan keyingi tasvirlar topilgan.

 “Hakamlar hay’ati o‘zbekistonlikni huquq-tartibot idoralariga yolg‘on bayonot berganlikda aybdor deb topib, bir oylik qamoq jazosi va bir yil muddatga nazorat ostida saqlashga hukm qilindi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Saylov jarayonlarini raqamlashtirish: xorij va Oʻzbekiston tajribasi

Sir emas, bugun demokratik jarayonlarni raqamlashtirish davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Buni bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining saylov jarayoniga taʼsiri sezilarli darajada ortib borayotgani misolida ham buni kuzatish mumkin. Zero, soʻnggi davrda yurtimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangi imkoniyatlaridan keng foydalanish boʻyicha ilgʻor tajr

14 Aug 06:37
 
16
0
xs.uz

Bir oylik harbiy xizmat toʻlovi miqdori oshiriladi

Qonunga koʻra, ushbu badal miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 7 barobariga teng, bu degani toʻlov miqdori hozirgi 7 million 350 ming soʻmdan 8 million 85 ming soʻmga oshadi.Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badali xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1-yil mobaynida biryoʻla yoki bosqichma-bosqich (boʻlib toʻlash orqali) amalga oshirilishi mumkin.Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olinga

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Y

22 Jul 13:14
 
68
0
qalampir.uz

Bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Ma