calendar 10 Jul 15:19
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Qorbobojon qorbobo...” nomli videoni ulashgan fuqaro 3 yilga qamaldi

image

“Qorbobojon qorbobo, jahannamda bor bobo” nomli aqidaparastlik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi videoni ulashgan 28 yoshli fuqaro 3 yilga kesildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati sudi matbuot kotibi Asqar Qudratov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, 1996 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro T.J. joriy yilning 25 yanvar kuni o‘zining Instagram sahifasida noma’lum ijrochi tomonidan ijro etilgan “Qor bobojon qor bobo, jahannamda bor bobo...” deb boshlanuvchi aqidaparastlik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi qo‘shiq mavjud bo‘lgan videomaterialni tarqatgan.

Sudlanuvchi T.J. sudda, o‘ziga qo‘yilgan aybga iqrorlik bildirib, taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatish jinoyat ekanligini bilmasligini aytgan.

Jarqo‘rg‘on tuman sudi T.J. ni  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3- qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
29
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh

03 Sep 21:34
 
28
0
xs.uz

Bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgan

Avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha darajasi 0,5 foizga, avvalgi yilga nisbatan esa 10,5 foizga oshgan. Bu haqda Statsitika agentligi'xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning avgust oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.Qayd etish kerakki, mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Unga koʻra, agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanilishiga sabab boʻladi.Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrmaganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha mi