calendar 10 Jul 09:43
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Modi dunyodagi mojarolarni hal qilish yo‘lini aytdi

image

Hindiston dunyodagi barcha mojarolarni hal qilish uchun yagona tinch yo‘l bu muloqot deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv tor doirada bo‘lib o‘rgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Putin va Modi Kremlda Rossiya-Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.

Modining ta’kidlashicha, so‘nggi besh yil ichida dunyo avvaliga koronavirus pandemiyasi, keyin esa turli mojarolar tufayli ko‘plab muammolarga duch kelgan.

“Raketalar va snaryadlar muammolarning yechimi bo‘la olmaydi. Yetakchi davlatlar o‘rtasidagi muloqotgina tinchlik bilan bizni ta’minlashiga ishonchimiz komil”, deydi Modi.

U, shuningdek, Hindiston Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish va mojaroni hal qilish uchun har qanday yordamga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushga jalb qilingan barcha hindistonliklarni Rossiya armiyasidan chetlashtirishga ruxsat bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 09:40
 
74
0
qalampir.uz

AQSH yadroviy arsenaliga oid ma’lumotlarni ochiqladi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy arsenalida 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra,  3748 ta jangovar kallak bor edi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni AQSH Yadro xavfsizligi milliy agentligi  ma’lum qildi. “AQSH yadro qurollar zaxirasidagi shaffoflik” deb nomlangan hujjatda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollar sonini kamaytirishda davom etmoqda. 1994 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Bildirilishicha, y

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

19 Aug 07:04
 
22
0
xs.uz

Yerliklar 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh boʻladi

Avgust oyida sodir boʻladigan toʻlin Oylardan birining nomi 'Bakra Oyi'. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning nomi yilning shu davrida buyuk koʻllarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bogʻliq.NASA maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda. 'Bakra Oyi' va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.Maʼlumot uchun, super Oy hodisasi vaqtida Oy odatd

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key