calendar 08 Jul 09:29
eye 254
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroilda Netanyaxuga qarshi namoyishlar davom etmoqda

image

Kecha, 6 iyul kuni Isroil bo‘ylab minglab odamlar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv va Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat iste’fosini talab qilib namoyishga chiqdi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

Namoyishchilar Tel-Aviv, Hayfa, Birussebi va G‘arbiy Quddusda, shuningdek, Netanyaxuning qarorgohi joylashgan Isroil shimolidagi Kesariya shahrida ko‘chalarga chiqdi.

Tel-Avivda o‘n minglab namoyishchilar sud-huquq islohotlariga qarshi so‘nggi namoyishlar ramziga aylangan Kaplan ko‘chasida to‘plandi. Namoyishchilar "Bibi, mahbuslarni ozod eting" va "Siz javobgarsiz, siz aybdorsiz", "Ben Gvir terrorist" va "Fashist politsiyasi" kabi shiorlar bilan chiqishdi.

G‘azoda saqlanayotgan isroillik mahbuslarning yaqinlari ham Mudofaa vazirligida hukumat siyosatini qoraladi. Ular Netanyaxu va uning hukumati a’zolarini yolg‘on gapirishda va mahbuslarni qaytarishga olib keladigan kelishuvga to‘sqinlik qilishda aybladi.

Tel-Avivda namoyishchilarni tarqatish uchun otliq politsiya va suv purkagichlardan foydalanilgan. Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

Kesariyada Isroil bayroqlari, mash’alalar, nog‘ora va hushtaklar ko‘targan minglab namoyishchilar Netanyaxuning shaxsiy qarorgohi oldida to‘plandi. Namoyishchilar hukumat iste’fosi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilib, “Siz javobgarsiz, siz aybdorsiz” deya hayqirdi.

Mamlakatda har shanba kuni Netanyaxu hukumatiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
43
0
xs.uz

Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

01 Jul 04:28
 
26
0
xs.uz

Tanzaniyada ikki avtobus toʻqnashuvi oqibatida 38 kishi qurbon boʻldi

Uning soʻzlariga koʻra, YTH 28-iyun kuni kechqurun Kilimanjaro viloyatiga qarashli Moshi shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisada avtobuslardan birining shinasi yorilib ketgan va haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtobus bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.Kilimanjaro viloyati komissari 'Xinhua' agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytishicha, halok boʻlganlar orasida bir oi

15 Jun 10:46
 
55
0
xs.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?

Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi