calendar 07 Jul 21:02
eye 92
comments 0
comments Manba: postda.uz

BOTINI GO‘ZAL KISHI

image

Bilasizmi, dadil va realist insonlar yuqoridagi «standart»larni eshitib, beixtiyor kulgiga beriladi. O‘ziga yetarlicha baho bera olmaydiganlar esa ushbu talablarga qattiq yopishib oladilar. Ular uchun atrofdagilarning e’tibori birinchi o‘rinda turadi. Hamma kabi bo‘lish – qulay, albatta, lekin, o‘zligingiz qayoqqa ketdi?!

O‘zlikni anglash qanday bo‘ladi? Bu jarayon, eng avvalo, kishining hayotda o‘zi uchun yaratgan qadriyatlari bilan shakllanadi. Avval oilada, so‘ngra jamiyatda munosabatga kirishgan kishi borki, ma’lum qadriyatlar asosida yashaydi, harakatlanadi. Bu qadriyatlar esa kishining o‘ziga nisbatan bahosi, yashash tarzi, oilaviy an’analar va kundalik odatlarni o‘z ichiga oladi. 

Mutaxassislarning aytishicha, oilada farzandlarga ota-ona mehri va e’tiborining yetishmasligi o‘zini sevmaslik, o‘zgalar fikriga qaramlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lar ekan. Odatda ruhan sog‘lom ota-onalar farzandlarini jonlaridan ortiq sevadi. Biroq ularda farzand psixikasiga ta’sir o‘tkazuvchi shaxsiy kamchilik va muammolar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Masalan, o‘ta e’tiborli onalar farzandlariga kuniga yuz martadan qo‘ng‘iroq qilib qa­yerdaligi, nima bilan bandligini so‘rashi mumkin. Asabiy ota-onalar esa stress va turli og‘ir vaziyatlari alamini farzand­laridan oladi. Qonun va taqiqlar kayfiyatga qarab kundan-kunga o‘zgarib boraveradi. Balog‘at davrida bola ushbu omillarga javoban yig‘lashi, achchiqlanishi mumkin, ammo uning ongida «men ota-onam mehriga, muhabbatiga loyiq emasman» degan fikr uyg‘onadi. Xuddi mana shundan keyin o‘zini sevmaslik «kasal»i boshlanadi.

Eshitishni o‘rganing!

Agar muammoingiz mukammallikka intilish bo‘lsa, eslab qoling, mukammal narsalarning o‘zi yo‘q. Begonalarning xohish-istaklarini bajarish o‘rniga, o‘zingizni tinglashni o‘rganing. O‘zingizga qarshi bormaslikka intiling. Barini kichik narsalardan boshlang. Bu borada sizga kitob mutolaasi yoki sayohat qilish yaxshi yordam beradi. Eng muhimi, hayotda o‘zgalarning hayot tarzini yoki odatlarini o‘zlashtirmasligingiz uchun o‘z qadriyatlaringizni yarating. 

Mavlono Jaloliddin Rumiyning shunday o‘giti bor: «Hamma zohirga bezak bermoqqa kirarkan, sen botinga bezak bermoqqa shoshil». Zero, botini go‘zal kishi o‘zini yaxshiroq taniydi. Atrofdagi fikr va nayranglarga aldanishdan ehtiyot bo‘ladi. Muhimi, uning maqsadlari aniq, yo‘li ravon bo‘ladi. Bunday kishilar jamiyatni faqat oldinga tortadi. 

Feruza RAHMONQULOVA.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
210
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
735
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
52
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra