calendar 07 Jul 19:19
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi piyodani urib yubordi (video)

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Malibu-2 haydovchisi piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yilning 27 iyun kuni soat 20:10 atrofida tumanning Ko‘rkam obod mahallasida — Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 16 yoshli A.X. Malibu-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1985 yilda tug‘ilgan 39 yoshli piyodani urib yuborgan.
 

️Oqibatda erkak olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Piyodaning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Mashina ichida Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 4 nafar 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Ular avtomobilni ijaraga olgan, svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida va yuqori tezlikda harakatlangan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda maktab o‘quvchisi Nexia-2'da 6 yashar qizni urib yuborgandi. Qizaloq shifoxonaga olib borilgan. Ammo, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
73
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etiladimi?

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma belgilash rejasi yo‘q. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj mavjud emas. “Bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib tu

15 Jul 12:03
 
67
0
xs.uz

“Korzinka” supermarketlar tarmogʻiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

'Korzinka' (Anglesey Food) supermarketlar tarmogʻiga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, 'Korzinka' tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida 'Kundalik xaridlarga eng arzon narx', 'Eng arzon narx ' Korzinkada', 'html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endEng unumlisiga keling!' degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalg

26 Jul 15:15
 
55
0
xs.uz

Fargʻonada tailandlik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi

Tailand qirolligi tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari departamenti direktori Psusist Vongsuravat boshchiligidagi Tailand delegatsiyasida tibbiyot, turizm, savdo, transport va logistika, energetika sohalarida faoliyat olib borayotgan 7 ta yirik kompaniyaning 20 ga yaqin vakillari bor.' Ayni paytda viloyatda Tailand investitsiyasi ishtirokida 4 ta korxona tashkil etilgan, ' deydi Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yulda

29 Jul 14:33
 
47
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimi vazirlik vakolatini o‘z bo‘yniga oldimi?

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqini, ochilganiga 9 kun bo‘lgan, “Garden Catering Trade” korxonasi direktori Bozorov Iqboljon Habibullayevichga topshirdi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, bog‘chalarga oz