calendar 07 Jul 10:26
eye 137
comments 0
comments Manba: postda.uz

MING OYNING QUYOSHSIZ KUNI

image

O‘tgan asrning 41 yili. Hozirgidek jazirama yoz emas, kuzning o‘rtasi, 16 noyabr' kuni edi. Yigitlar urushga ketgan va to‘da-to‘da bo‘lib ketayotgan, qoraxatlar eshiklarni chertib kira boshlagan, ko‘chada pochtachi ko‘rinsa, ota-onalar yuragi dupurlab ura boshlagan kezlar. Yuraklar quvonch nimaligini unutib, urush degan yaradan vujudlar bezillab turgan xomush kunlar edi. Toshkent shahrida yashovchi To‘xtanazar Sultonov oilasida o‘g‘il tug‘ilib, oilaga jilla bo‘lsin, quvonch shabadasini ulashdi. Axir, yana bir bo‘lajak – Vatan posboni dunyoga keldi. 

El qatori urush azobidan zahmat chekib, qish taraddudini ko‘rayotgan xonadon sohiblari «Bolam, urush vaqti tug‘ilding, ammo umring urush ko‘rmay o‘tsin. Bu urush tezda tugab, tinchlik-

osoyishtalikda katta bo‘lgin», deya yaxshi niyatlar qilishdi... 

Ichki ishlar organlari faxriysi, iste'fodagi polkovnik Uyg‘ur Sultonov bu yil 83 yoshga to‘ladi. Bu salkam ming oy umr ko‘rdi, degani. Ammo shu ming oyning ming kuni, ya'ni 3 yildan ziyodrog‘i zulmatda, qamoqxonalarda o‘tdi... 

U. Sultonov armiya xizmatini o‘tab, Toshkent davlat universitetining yuridik fakul'tetiga o‘qishga kiradi. 1967-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgach, taqsimot asosida Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Dastlab xizmatni hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani IIBda tergovchilikdan boshlaydi. Keyin Toshkent shahar IIB va IIV Tergov boshqarmasida tergovchi, katta tergovchi, muhim topshiriqlar bo‘yicha katta tergovchi, bo‘lim boshlig‘i va bosh­qarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘lib, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jinoiy guruh qilmishini tergov qilayotgan guruh rahbari, Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uyg‘ur Sultonovni qamoqqa olishibdi, degan shum xabar nafaqat vazirlik rahbariyatini, balki uni bilgan, yaqindan tanigan kishilarda, hamkasblari va qo‘l ostidagi xodimlarda kes­kin taajjub uyg‘otdi. 

Uni Andijondan Toshkentga poezdda olib kelib, Davlat xavfsizlik xizmati binosining yerto‘lasiga tashlashdi. «Sen bosh­lig‘ing Sarkis Kalustyanga falonchi orqali pora bergansan. Va yana o‘sha vaqtdagi vazir Haydar Yahyoevga lavozimga o‘tirish uchun uning kuyovi orqali pora tariqasida tilla soat sovg‘a qilgansan» degan ayblovlarni qo‘yishdi. 

– Men barcha ayblovlarni kes­kin rad etdim, – deya o‘sha mudhish kunlarni eslaydi qahramonimiz. – Hech kimga pora bermaganman, bularning bari tuhmat, deb turib oldim. Qiziq-da, boshlig‘im bilan quyi tizimlarda birga ishlaganmiz. Ish yuzasidan ko‘p maslahatlashganmiz, bir-birimizdan so‘rab o‘rganganmiz. Mening layoqatim va qobiliyatimni bilgani uchun u meni o‘ziga o‘rinbosarlikka taklif qilgan. Meni ishga oling, deb, pul berish u yoqda tursin, hatto iltimos ham qilmaganman. Qizig‘i shundaki, pul beraman, desam, o‘rtaga odam qo‘yib nima qilaman. O‘zim beraverishim mumkin edi-ku.

Tilla soat menda qaydan bo‘lsin. Uyimda tintuv o‘tkazishibdi. Kutubxonadan boshqa hech narsa topisha olmagan. Ayolimni so‘roq qilishibdi. «Uyingizga kimlar kelardi? Eringiz kimlar bilan do‘stlashgan, ular bilan nima haqda gaplashardi?», deb ancha so‘roq qilishgan. Bir-ikki oydan so‘ng ularni tinch qo‘yishibdi. 

Xullas, olti oy tergov hibsxonasida yotdim. Baqir-chaqir, do‘q-po‘pisa, urish-so‘kish va qiynoqlarni aytmay qo‘ya qolay. Tana azobi o‘tib ketadi, ammo vijdon azobi o‘tmaydi. Shuning uchun qancha azob bermasin, chidadim. Bo‘htonni bo‘ynimga olmadim. Birovga tuhmat qilishni o‘zimga or bildim. Qanday qilib, men ularga tuhmat qilaman. Ertaga yuziga qanday qarayman... Men bilan bir xonada o‘tirgan Ubaydulla Tojixonov ham o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni qat'iy rad etdi. 

Ikki oy uydagilarim bilan uchrashtirishmadi. Oziq-ovqat olishga ruxsat berishmadi. Bular qonunga xilof edi. Axir, men tergovchiman, tergov prosessini, mahbuslarni saqlash va saqlanish tartibini yaxshi bilaman-ku. Shuning uchun ular bilan kurashdim. Ikki oydan so‘ng uydan oziq-ovqat ola boshladim. Bir o‘zimga, adashmasam, o‘ntalar tergovchini almashtirishdi-yov. Hech qaysisi aybimni bo‘ynimga qo‘yolmadi. Olti oydan so‘ng hibsda saqlanish muddatim tugagach, yo aybimni isbotlanglar, yo aybsiz, deb qo‘yib yuboringlar, deb ariza yozdim. Gdlyanning oldiga chaqirishdi. U meni rosa avradi: falonchilarga qarshi ko‘rsatuv bersang, u bo‘ladi, bu bo‘ladi, deb... 

Ivanovning oldiga tushirishdi. U rosa do‘q qildi. Mayli, seni qo‘yib yuboramiz, lekin 3 oy uy qamog‘ida o‘tirasan. Hech qayerga chiqmaysan, shunga tilxat yozib ber, deydi. Men tilxat yozmayman, dedim. Chunki bu yoqamga ilmoqni ixtiyoriy ilib olishim bilan barobar edi. Men yozmadim. Ular asossiz yana uch yil ushlashdi. Vaziyat ancha o‘zgardi. Oxiri bir kuni Moskvadan, harbiy prokuraturadan U.Sultonovning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmagani uchun reabilitasiya tariqasida jazodan ozod etilsin, degan mazmunda javob keldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1988-yil 20 yanvardagi xatiga ko‘ra, 

1987-yil noyabrda U.Sultonovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi SSSR Harbiy prokuraturasi tomonidan tugatilgan. Shu bilan birga, u o‘sha yili 25 fevralda ichki ishlar organlariga tiklanib, o‘z lavozimiga tayinlangan. 

So‘ngra IIV rahbariyati topshirig‘i asosida Transportdagi IIBda xizmat qilib, 1990-yilda pensiyaga kuzatilgan.

To‘rt devor orasida o‘tgan kunlar esiga tushsa, U. Sultonovning kayfiyati buziladi. Nega, nimaga, nima uchun degan savollar aybsiz aybdor uchun hali-hanuz jumboq, tushunarsiz. Ko‘ngilda yaraday qotib qolgan.

– Xalqimiz bejiz suv balosi, o‘t balosi va tuhmat balosidan o‘zing saqla, deb duo qilmas ekan. Inson taqdirida nima bo‘lsa, o‘zi sababchi bo‘ladi, deydilar. Yo‘q, faqat o‘zi emas, ba'zan tuzum ham, tizim ham sababchi bo‘lib qolishi mumkin ekan. Shuning uchun, avvalo, yurtimiz tinch bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Mustaqil bo‘lganimizda bu ko‘rgiliklarni ko‘rmasmidik, bu azoblarni tortmasmidik, deyman-da, deydi ustoz Uyg‘ur Sultonov xo‘rsingancha.

Shuhrat RO‘ZIYEV, 

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,39 soʻmga koʻtarildi va 12 739,95 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 9,50 soʻmga oshib, 14 191,03 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,23 soʻmga pastlab, 139,14 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tash

09 Oct 12:36
 
14
0
postda.uz

UMR BEZAGI

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Shodiyor kelgusida huquqshunos bo‘lish istagi bilan 1998-yili Samarqand davlat universitetiga sirtdan o‘qishga kirdi. O‘sha yili yana bir orzusi ro‘yobga chiqdi: u Guliston shahar IIB 2-mavze profilaktika inspektori lavozimiga xizmatga qabul qilindi. Lavhamiz qahramoni yangi vazifa, yangi mas’uliyat oldida dovdirab qolmadi. O‘sha yillar Guliston shahri markazidagi ushbu mavzeda ko‘plab millat vakillari istiqomat qilar, bu kriminogen vaz

09 Oct 14:40
 
29
0
xs.uz

Oʻzbek “qizil oltini”ni qayta ishlash yanada koʻpayadi

Said Donishev/'Xalq soʻzi'.'Joriy yilning 8-oktyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida zaʼfaron plantatsiyasini kengaytirish, quritish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasining ochilish marosimi hamda zaʼfaron tuganak piyozboshilarini namunaviy ekish tadbiri oʻtkazildi.Zaʼfaron inson salomatligi uchun tengsiz xususiyatlarga ega oʻsimlik. Qadimdan ushbu giyoh ziravorlar sultoni yoki 'qizil oltin' deya eʼtirof etilib, qiymati yuqori baholanib kelinadi.Eʼtiborlisi, mamlakatimizda