calendar 06 Jul 18:20
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Maktabda Milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan fuqaro jarimaga tortildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida huquq-tartibot organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida videotasvirlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea joriy yilning 29 aprel kuni Andijon shahri 11-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Bildirilishicha, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani uchun maktab qorovuli tashvish tugmasini bosgan. Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tashvish xabari asosida voqea joyiga yetib kelgan va o‘quvchilardan birining akasi A.J va onasi I.F boshqa o‘quvchilar bilan tortishayotganining guvohi bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, Milliy gvardiya ularni tinchlantirishga harakat qilganda fuqaro A.J xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan hamda faol qarshilik ko‘rsatgan. Shunday bo‘lsa-da xodimlar tomonidan ushbu holat bartaraf qilinib, fuqaro A.J o‘rnatilgan tartibda Ichki ishlar organiga olib borilgan.

“Holat yuzasidan  Jinoiy ishlar bo‘yicha Andijon shahar  sudi tomonidan fuqaro A.J.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 -1-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik)  bilan ma’muriy jarima belgilangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablardan birida ro‘y bergan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
33
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
59
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.