calendar 06 Jul 08:22
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mashhur reper Roy Jons bilan jang qiladi

image

Reper va kikboksing bo‘yicha Yevropa vitse-chempioni, Jigan nomi bilan tanilgan Denis Ustimenko-Vaynshteyn Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori va boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni kichik Roy Jons bilan sparring jangida qatnashadi. Bu haqda “Sport24.ru” sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jang Moskva sport kunini nishonlash doirasida bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ko‘rgazmali jang oldidan mashq marafoni zonasida kichik Roy Jonsdan fitboks bo‘yicha ommaviy master-klass o‘tkaziladi.

“Jang oson bo‘lmaydi, axir, mutlaq chempion menga qarshi jang qiladi. Ammo yetti yoshdan boshlab qo‘llarimni ko‘tarib, boks bilan shug‘ullanganim bejiz emas, so‘nggi oy esa to‘liq tayyorgarlikka o‘tdim. G‘alaba qozonish imkoniyati bor, chunki Roy endi o‘zining eng yuqori cho‘qqisida emas. Raqibimni o‘rganish va uning texnikasini bilish uchun jangdan oldin men uning “Lujniki”da bo‘lib o‘tadigan mahorat darsiga boraman”, deydi Jigan.

Jigan va kichik Roy Jons o‘rtasidagi jang 6 iyul kuni “Lujniki”da Moskva sport bayrami sahnasida bo‘lib o‘tadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
52
0
qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan. Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

11 Aug 03:44
 
45
0
xs.uz

Hakamlarning tushunarsiz qarori ortidan Nikita Rafalovich uchinchi Olimpiadasida ham medalsiz qoldi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini davom ettirdi.Hamyurtimiz eronlik Arian Salimiga qarshi qiyin kechgan bahsda yutqazib qoʻygandi. Salimining finalga chiqishi esa unga bronza uchun oʻtish bahsida qatnashish imkonini bergandi.Nikita Rafalovich bronza uchun oʻtish bahsida Meksika vakili Karlos S

11 Aug 03:44
 
71
0
xs.uz

Akbar Joʻrayev kumush medal sohibi!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirok etdi.Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini 185 kg vazn bilan yakunlagandi.Siltab koʻtarish bahslarida esa Akbar Joʻrayev 219 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz shu tariq

11 Aug 03:44
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov 'Parij-2024' yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgac