calendar 06 Jul 08:12
eye 133
comments 0
comments Manba: postda.uz

CHOYXO‘RLIK O‘ZBEKKA YARASHADI

image

Har bir xalqning o‘z tabiiy sharoiti va istagiga ko‘ra o‘zi sevgan ichimligi hamda yeguligi bo‘lar ekan. Masalan, yaponlar – guruch, qora kunjut, soya o‘simligi mahsulotlarini, inglizlar – konfetni, finlar – qahvani, bolgarlar – shakarni, amerikaliklar – go‘shtni sevib iste'mol qilisharkan. Choyxo‘rlikda esa o‘zbek va irlandlarning oldiga tushadigani yo‘q.

Choy tarkibidagi polifenol rak va boshqa nuqsonlarning oldini oladi. U qon va to‘qimalarda to‘planib, rak hujayralarini yo‘q qiladi. Yaponiyaliklar ko‘k choy odam tanasini radiaktiv moddalardan tozalashini aniqlashgan. U miya faoliyatini yaxshilaydi, qon tomirlari qayishqoqligini oshiradi, qon bosimini pasaytiradi, tanani dahmaza moddalardan forig‘ etishda muhim rol' o‘ynaydi. Agar homilador ayol ko‘k choy ichsa, chaqalog‘i benuqson tug‘iladi. Qisqasi, ko‘k choyning boshqa choylarga nisbatan zarari juda kam. Ammo ko‘k choy ba'zilarda mijozni sustlashtiradi, sillasini quritadi, odam tanasidagi zarur mikroelementlarni yuvib ketadi. 

Qora choyning ham o‘ziga yarasha foydali tomonlari yetarli. Shotlandiyalik olimlar aniqlashicha, qora choy qandli diabetga chalingan bemorlarga ijobiy ta'sir qilar ekan. Xususan, inson organizmida qandli diabet xastaligi rivojlanishiga qarshi immunitet hosil qiladi. Yana uning tarkibidagi polifenol moddasi insulin o‘rnini bosar ekan...  

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, odam organizmi saralash xususiyatiga ega. U choyni ham tahlillaydi. Bu o‘sha kishi yashayotgan joy va iqlimga bog‘liq. Shu tufayli qora yoki ko‘k choy ichiladi. Muhimi, choy sizni tetiklashtirib, kayfiyatingizni ko‘tarsa bas. Choyga marhamat, azizlarim!

Mirzoqul AHADOV tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel