calendar 05 Jul 16:23
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Madaniyat vazirligi Nazarbekovning harakatini xaspo‘shlab chiqdi

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri - Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalib, bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlangan va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  o‘rganish ishlari olib borayotganini bildirgandi. Mazkur holat fonida Madaniyat vazirligi ham munosabat bildirdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, vazir Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi sifatida kiyim do‘koniga borib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.

“Libos tanlash jarayonida lavhada aytib o‘tilganidek, Ozodbek Nazarbekov milliy brend rivoji uchun o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib o‘tgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.  Ya’ni, bundan Ozodbek Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi ko‘zlanmagan”, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, vazirlik rasmiy munosabatida Ozodbek Nazarbekovning Madaniyat vaziri, qolaversa, O‘zbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qilishi va ularga qat’iy rioya etishi ta’kidlangan.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, vazir reklama qilgan do‘kon Nazarbekov rahnamoligidagi “Ovoz” loyihasining homiylaridan biri hisoblanadi. Bungacha vazir ushbu teleshou orqali banklardan birini ham reklama qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

Sunʼiy intellektda shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish va ularni OAV yoki Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.Unga koʻra, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan ' sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilingan.Muho

22 Mar 08:54
 
51
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda

23 Mar 16:43
 
64
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et