calendar 04 Jul 16:31
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

SHHT Eron yadroviy kelishuviga qaytishga chaqiradi

image

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) a’zolari barcha tomonlarni Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi qoidalarini amalga oshirishga qaytishga chaqirmoqda. Bu talab SHHT sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Eron yadroviy kelishuvining "barqaror bajarilishini" muhim deb hisoblaydi. Qayd etish joizki, mazkur kelishuvdan AQSH bir tomonlama chiqib ketgan, keyin esa G‘arbiy Yevropa davlatlari buni kuzatishni to‘xtatgan.

SHHT “barcha ishtirokchilarni hujjatni har tomonlama va samarali amalga oshirish bo‘yicha barcha majburiyatlarni qat’iy bajarishga” chaqiradi.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya Tehron yadroviy dasturi bilan bog‘liq inqirozni yengib chiqishga qaratilgan Eron bilan qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini imzolagan edi. 2018 yilda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp ushbu kelishuvdan chiqishga qaror qilgan edi.

AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Vashingtonni yadroviy kelishuvga qaytarishga tayyorligini bir necha bor bildirgan. Biroq, 2022 yil kuzida bir necha marta samarasiz muzokaralardan so‘ng, Vashington shartnoma "deyarli o‘lik" ekanini e’lon qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok

11 Jul 17:32
 
63
0
xs.uz

Qirol Charlz III finalga chiqqan Angliya jamoasiga tabrik yoʻlladi

Birlashgan Qirollik monarxi Charlz III Angliya futbol jamoasini 'Yevro-2024' finaliga chiqqani bilan tabrikladi. Monarx Ispaniyaga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan jamoaga oʻzining eng yaxshi tilaklarini yoʻlladi. Bu haqda 'France 24' xabar bermoqda.Qirol oʻz xabarida muxlislarga ortiqcha stress tugʻdirmasdan, jamoani gʻalaba qozonishga undashga chaqirgan. Uning fikricha, soʻnggi daqiqalardagi gollar yoki penaltilar seriyasidan oldin gʻalaba qozonish uchun futbolchilarga ortiqcha

15 Jul 12:02
 
65
0
qalampir.uz

AQSHning Germaniyadagi qurollari urushning oldini olishga yordam beradi – Shols

Germaniya kansleri Olaf Shols 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atadi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni Berlinda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashuvdan so‘ng so‘z ochdi. “U to‘xtatuvchi ta’sir tufayli xavfsizlikni oshiradi, chunki siz orqa tomondan hujum qila olmaysiz. Biz har doim urushning oldini olishga harakat qilamiz”, deydi kansler. Bundan tashqari, Shol

24 Aug 17:27
 
11
0
xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikanin