calendar 03 Jul 18:33
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dog‘istonda niqob kiyish vaqtincha taqiqlandi

image

Dog‘iston muftiyati respublikada tahdidlar bartaraf etilguniga va yangi diniy xulosa chiqarilgunga qadar niqob kiyishni vaqtinchalik taqiqlaganini e’lon qildi. Bu haqda muftiyatning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kecha, 2 iyul kuni ommaviy axborot vositalari fatvo bo‘limining xulosasini unchalik to‘g‘ri talqin etmagan.

“Muftiy Milliy siyosat va din ishlari vazirligining respublika aholisi uchun mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olish borasidagi vakolatli xulosasiga tayanib, ushbu turdagi niqobli kiyim-kechak kiyishni vaqtinchalik taqiqladi. Shu sababli tahdidlar bartaraf etilgunga qadar va yangi diniy xulosa chiqarilguncha niqoblardan foydalanish mumkin emas”, deyilgan xabarda.

Niqob kiyishni taqiqlash masalasi joriy yilning 23 iyun kuni Maxachqal’a va Darbandda qurolli odamlar tomonidan otishma boshlanganidan keyin yuzaga kelgan. O‘shanda jangarilar orasida amaldorning o‘g‘illari ham bo‘lgan.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ham niqob kiyishga qarshi chiqib, bu kiyim Kavkaz xalqlariga xos emasligini aytgan.

“Shaxsan men niqob kiyishga qarshiman. Bir necha bor terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha topshiriqlarni bajargan shaxs sifatida shuni aytamanki, Kavkaz xalqlari uchun odatiy bo‘lmagan bu kiyim uning ichiga erkaklarning yashirinishiga ham imkon yaratadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan men bunday kiyimlarga qarshiman”,  degan Melikov.

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ham Rossiyada niqob kiyishni taqiqlash taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘iston muftiyati mamlakatda niqob kiyishni taqiqlovchi diniy xulosa chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

15 Jul 12:03
 
48
0
xs.uz

Dunyoda maymun chechagi kasalligi yana avj ola boshladi — JSST

Maʼlum qilinishicha, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlangan. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat.Bungacha besh kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan, biroq oʻlim holatlari qayd etilmagandi. 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor roʻyxatga olingan.Eng koʻp kasallanish koʻrsatkichlari Afri

20 Jul 21:01
 
81
0
xs.uz

Moʻjizaviy Bodrum: Dam olishga borishingiz uchun sabablar

Ajoyib plyajlarBodrum oʻzining shishadek tiniq koʻrfazlari bilan mashhur. Shaffof dengizi, oq qumli plyajlari va koʻk bayroqli qoʻltiqlari bilan dengiz sevuvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Bitez, Gumushluk, Turkbuku va Yalikavak Bodrumdagi eng mashhur plyajlar qatoriga kiradi. Ushbu plyajlarda quyosh botishini tomosha qilish, suzish va suv sporti bilan shugʻullanish mumkin.Mazali taomlar Bodrum oshxonasi Egey va Oʻrta yer dengizi lazzatlarining kombinatsiyasidir. Yangi dengiz mahsulotla

17 Jul 17:08
 
91
0
qalampir.uz

Rossiya va Ukraina BAA vositachiligida asirlarni almashtirishni rejalashtirmoqda 

Rossiya va Ukraina Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan kelishuv doirasida 180 nafar mahbusni almashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Bu Fors ko‘rfazi mamlakati joriy yilda tashkil etgan oltinchi almashinuv bo‘ladi. Qayd etilishicha, tomonlar bugun ertalab 90 nafar mahbusni ozod qilishga kelishib olgan. Ayirboshlash joriy yilda BAA vositachiligida almashtirilgan mahbuslar sonini qariyb 1400 nafarga yetkazadi. Rossiya Federatsiyasi