calendar 03 Jul 16:57
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda ko‘chatlarni parvarishlamagan mansabdorlar jarimaga tortildi

image

Xorazmda ko‘chatlarni parvarishlamagan mansabdorlar jarimaga tortildi. Bu haqida Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxslar tomonidan ko‘chatlarni parvarish qilmaslik, sug‘orilishiga e’tibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlangan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi ( Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so‘m ma’muriy jarima belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:36
 
59
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

18 Jul 15:56
 
78
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi'boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilgan

22 Jul 17:26
 
59
0
xs.uz

13 yoshli oʻgay qiziga muntazam zoʻravonlik qilib kelgan ayolga hukm oʻqildi

Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh. S. qizni 2023-yil davomida muttasil ravishda doʻpposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob bergan.'Unda kuchli qoʻrquv hosil qilish yoʻli orqali oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan', deyiladi xabarda.Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ishning sud protsessida koʻri

15 Jul 12:03
 
142
0
qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.  Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan tashqari Kuba,