calendar 03 Jul 15:25
eye 156
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent ko‘chalarini suv bosish sababi aytildi (video)

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumani “Turkiston” MFY, 6-dahasidagi Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida diametri 1200mm katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida nosozlik vujudga kelgani va buning oqibatida ushbu ko‘chalarni suv bosganligi haqida xabar berilgandi. Biroq o‘rganish jarayonida hodisa diametri 800mm bo‘lgan suv o‘tkazgichda yuzaga kelgani aniqlangan. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ ma’lum qildi.
 

Qayd etilishicha, holat bugun, 3 iyul kuni tungi soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bunga yaqin hududda joylashgan qozonxonoda vaqtincha elektr energiyasi bo‘lmagani sababli quvurlarda bosim ko‘tarilib ketgani turtki bo‘lgan. Quvurlarning ulangan chokidan avariya yuzaga kelgan. Oqibatda bir qancha suv tashqariga sizib chiqqan. Buning ortidan ko‘plab uy yerto‘lalarini suv bosgan. Holatni bartaraf etish uchun yetib kelgan brigada dastlab quvurda qolib ketgan suvni bo‘shatishgan.

“Barcha tumandan brigadalar jalb etilgan. Avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilyapti. Qisqa vaqt ichida transport harakati va boshqa jarayonlar hal qilinadi. Yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr ta’minoti uzilgani sababli quvurlarda bosim ko‘tarilib ketgan va avariya holati yuzaga kelgan. Mutasaddi rahbarlardan tortib oddiy ishchilargacha barcha tik oyoqda. Vahimaga hojat yo‘q”, deydi korxona axborot xizmati boshlig‘i Ravshan Yoqubjonov.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi suv toshqini sabab ayrim hududlarda jamoat transporti vaqtincha cheklanishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Senati raisi BMT Bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMT kecha Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, unda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi istiqboli uchun muhim boʻlgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.Jumladan, dengiz yoʻli orqali savdo aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda qoʻshni davlatlar

10 Oct 16:28
 
18
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Choʻlponni yod etib...

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij