calendar 02 Jul 15:47
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Energiya iste’molidagi o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi

image

Bu yil 15 mingta holatda tabiiy gaz va 28 mingta holatda elektrdan o‘g‘irlik aniqlangan. Buning sababi – hozirgi tizimda noqonuniy ulanishlarning oldini olish emas, oqibati bilan kurashilayapti. Bu haqda kecha, 1 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni tanishgan tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha hisobotda ma’lum qilindi.

Taqdimotda energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullarning javobgarligini oshirish zarurligi qayd etildi. Bildirilishicha, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda sohada qator loyihalar amalga oshirilmoqda, stansiyalar barpo etilmoqda. Bu yil barcha manbalar hisobidan 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari sohadagi investitsiyaviy loyihalarni, chet ellik sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi.

Qayd etilishicha, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlangan. Bunga qo‘shimcha 595 kilometr elektr tarmog‘i qurilib, qator yangi podstansiyalar ishga tushiriladi. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.

Mutasaddilarga energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:27
 
5
0
xs.uz

Boʻstonliqda nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi oʻtkazildi — Fotoreportaj

Joriy yilning 28-iyun kuni Boʻstonliq tumanidagi 'Olmos' dam olish maskanida 'Biz birgamiz!' ijtimoiy loyihasi doirasida 7-17 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida 'Maftunkor ranglar jilosi ' 2025' nomli respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida va Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi koʻmag

13 Jun 00:36
 
31
0
xs.uz

Ikki hududda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi, IIB va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 'Gulshan' MFY hududidagi oziq-ovqat doʻkonida qonunga xilof ravishda alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.Yu. xaridor Gʻ.M.ga 2 dona alkogolli ichimlikni sotgan vaqtida ushlangan.Tezkor tadbir xodi

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

TDAU hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan agrar sohada ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida davlatimiz rahbarining 'Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi.'Made in Karakalpakstan' koʻrgazmasi hamda 'Qoraqalpogʻistonda investitsiya kiriting' invest

01 Jul 04:27
 
6
0
xs.uz

Sirdaryodagi ayanchli YTHda 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 'Lacetti' rusumli transport vositasi yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib urilishi oqibatida 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 19-iyun kuni tonggi soat 05:40 larda viloyatning Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 116-kilometrida yuz bergan.Mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlum boʻ