calendar 30 Jun 19:13
eye 96
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

image

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda fuqarolarga reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 iyunda kuchga kirgan 360-sonli “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga ko‘ra, Milliy gvradiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga moslashtiradi. Qaror ijrosini ta’minlash Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondoni zimmasiga yuklatilmoqda.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotchilar va uni o‘tkazgan ob’ekt ma’muriyati Ma’muriy javobgarlik kodeksida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent shahridagi “Ashxobod” ko‘ngil ochar bog‘i tekinga 20 000 ta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatishi haqida bog‘ ma’muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan. Biroq, bir vaqtning o‘zida o‘yinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 000 nafar fuqarolarni bog‘ hududida jamlashning imkoni bo‘lmasligi, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni o‘tkazmaslik haqida bog‘ rahbariyati ogohlantirilgan. Shundan so‘ng holat yuzasidan bog‘ direktori A.N., direktor o‘rinbosari A.Z., reklama bo‘limi boshlig‘i D.T.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig

22 Jul 16:47
 
57
0
qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:  25 iyul kuni soat 15:00 da; 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylar

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari

26 Jul 10:20
 
27
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M