calendar 29 Jun 21:13
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina yiliga 60 milliard dollar harbiy yordam oladi

image

Endilikda Ukraina Yevropa Ittifoqi va AQSHdan harbiy yordam sifatida yiliga 60 milliard dollar oladi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

“Biz boshqa davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayapmiz, chunki faqat kuchli koalitsiyagina Ukraina hisobiga g‘alabani ta’minlay oladi. Ukraina o‘z ittifoqchilari, jumladan, Yevropa Ittifoqi va AQSH bilan xavfsizlik bo‘yicha 20 ta shartnoma imzolagan”, deydi Bosh vazir.

Shuningdek, kelishuvlarga ko‘ra, Ukrainaga ittifoqchi bo‘lgan davlatlar yiliga 60 milliard dollar miqdorida kelgusi to‘rt yil davomida harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Britaniya Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim tuzgan ilk davlat bo‘lgandi. 16-17 fevral kunlari Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ham xavfsizlik majburiyatlari va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagan. Keyinroq bu safga Daniya ham qo‘shilgan. Oradan bir qancha muddat o‘tib Ukraina Latviya, Portugaliya, Shvetsiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan ham shartnoma imzolagandi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 13:28
 
64
0
xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo s

19 Aug 07:04
 
12
0
xs.uz

Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan samolyot yoʻlakdan chiqib ketdi

Shveysariya aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozogʻiston poytaxtidagi aeroportga favqulodda qoʻnib, ekipaj xatosi tufayli yoʻlakdan chiqib ketdi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 17-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Tokiodan Syurixga uchayotgan Boeing 777-300ER samolyoti Ostona aeroportiga favqulodda qoʻngan. Bunga 50 yoshli yoʻlovchida insult alomatlari aniqlangani sabab boʻlgan.Maʼlumotlarga koʻra, samolyot muvaffaqiyatli qoʻnganidan soʻng, bu

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o

26 Jul 10:21
 
33