calendar 29 Jun 10:34
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi ishdan olindi

image

O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelayotgan Nodir G‘aniyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. 

Qayd etish joizki, O‘zbekistonning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va u mamlakatning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘lgan. O‘shanda Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiya qirolligidagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlangan. 2023 yilda esa G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshladi. Shu yilning noyabr oyida u Stokgolm shahrida Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi

Ma’lumot uchun, 53 yoshli diplomat Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. U 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

G‘aniyev Shvetsiyaga jo‘nab ketishidan oldin TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. U ingliz, arab, rus va fransuz tillarini biladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:24
 
67
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. 'VAZ-2106' avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi 'Cobalt' avtomobiliga yo

11 Aug 03:43
 
22
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar

26 Jul 10:20
 
43
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu